Moliya vazirligi 2022 yilda ötkazilayotgan “Taşabbusli budjet” jarayoni ikkinçi mavsumi doirasida kelib tuşgan loyihalar böyiça hududlar va sohalar kesimida hamda uşbu jarayonga mahallalar jalb etilişi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ma’lum bölişiça, fuqarolar tomonidan jami 61 566ta taşabbus ilgari surilgan bölib, şundan 22 foizi (13 691 tasi) Surxondaryo viloyatidan kelib tuşgan. Bu – keyingi örinlardagi hududlar körsatkiçidan ikki barobardan ham köproq.

Ilgari surilgan loyihalarning 32 foizi içki yöllarni (piyodalar yölakçasi, yöl ötkazgiçlar) ta’mirlaş, 13 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlaş yoki jihozlaş, 12 foizi esa köça çiroqlarini ta’mirlaş va örnatişga doir taşabbuslar bölgan.
Qoraqalpoğistonning Bözatov tumanida joylaşgan Bözatov mahallasi tomonidan 202ta taşabbus ilgari surilgan va bu borada eng faol iştirok etgan mahallalar reytingida birinçi örinda qayd etilgan. Faollik borasida keyingi poğonalardan Surxondaryo viloyati Termiz şahrining Ma’rifat va Sariosiyo tumanining Terakzor mahallalari joy olgan.

Respublikadagi jami 9 363 ta mahalladan bor-yöği 162 tasi böyiça takliflar tuşmagan.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 15 iyulidan “Taşabbusli budjet” jarayonining ikkinçi mavsumi boşlangandi. Uşbu mavsum doirasida ğolib deb topilgan loyihalarni moliyalaştiriş maqsadida qariyb 900 mlrd söm mablağ yönaltirilişi közda tutilgan.












