ABIS har doim yoş avlod uçun yangi imkoniyatlar yaratiş va yuksak marralarni zabt etişga intiladi. Bu safar xalqaro maktab yangi STEM industriyasida mutlaqo yangi ğoya bilan ajablantiradi. ABIS STEM akademiyasi standart nazariy ta’limning stereotiplarini buzadi, çunki dasturning aksariyati Pearson Edexsel xalqaro ta’lim standartiga asoslangan amaliyot va loyihalardan iborat bölib, bu erda talabalar real holatlarda iştirok etadilar, ğoyalar işlab çiqaradilar va ularni amaliyotda qöllaş yöllarini izlaydilar.
ABIS STEM akademiyasi ABIS maktablar tarmoğining texnik fakulteti bölib, kelajakdagi olimlar va ixtiroçilarni öz maskaniga qabul qilişga tayyor. Özbekistonning NazarX kosmik kompaniyasi bilan birgalikda ABIS talabalari kosmik kema ustida işladilar, bu ABIS STEM Akademiyasi talabalari uçun MarsLab laboratoriyasida birinçi tajriba böldi, bu yerda talabalar mustaqil ravişda har bir dizayn elementi va sensor kodini yaratdilar. Innovatsiyalar vazirligi tamonidan NazarX kompaniyasi bilan hamkorlikdagi yangi loyihamiz işlab çiqiş bosqiçida. Uşbu loyiha ğoyasi hozirgi kunga qadar eng zamonaviy qurilma - kvadrokopterlarga bağişlangan. 7-11-sinf öquvçilari samolyotlarni texnik yiğişda töliq iştirok etadilar, navigatsiya tizimini va uşbu gadjetlarning samarali işlaşi uçun siğimli batareyalar turini mustaqil ravişda işlab çiqadilar.

Tayyorlaş va yiğişning butun jarayoni Özbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi qoşidagi Texnoparkda amalga oşiriladi. Akademiya talabalari dronlarning eng noyob qöllanilişi ğoyasini ilgari surdi va loyihani Express Air Delivery deb nomladi. Bu Express Air Delivery loyiha maqsadi respublika böylab yuqori tezlikda yetkazib beriş tizimidir. Batareyani samarali qöllaş uçun ularga zamonaviy quyoş panellari örnatiladi. Uşbu ixtiro bilan STEM Akademiyasi talabalari va NazarX vakillari şu oyda Turkiyada bölib ötadigan “ TechnoFest ” xalqaro texnik festivaliga taşrif buyurib, Özbekistonni butun dunyoda namoyon etadi.

ABIS STEM Akademiyasi talabalarining barça innovatsion ixtirolari va kaşfiyotlari STEM loyihalarining xalqaro platformalarida namoyiş etiladi, bu esa yoş olimlar nomini jahon miqyosida tanitadi va olimlar tarmoğini kengaytiradi. Şuningdek, Pearson Edexcel A-level imtihonlarini muvaffaqiyatli topşiriş bilan bitiruvçilar dunyoning 600 dan ortiq universitetlariga imtihonsiz kirişlari mumkin böladi.








