Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida joylaşgan Nazarbayev University (NU) ilk bor Times Higher Education World University Rankings 2027 nufuzli reytingida MDH mamlakatlari universitetlari orasida birinçi örinni egalladi. Taʼkidlanişiça, bu xalqaro akademik standartlar asosida ingliz tilida taʼlim oliş, zamonaviy ilmiy-tadqiqot uskunalaridan foydalaniş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş dasturlarida qatnaşişga şaroit hozirlaydi.

Nazarbayev University maʼlumotlariga köra, oliygoh bitiruvçilarining işga joylaşiş darajasi 95 foizdan yuqori. Ular Qozoğiston va xorijdagi mehnat bozori, jumladan, Google, Microsoft, Amazon va Meta kabi xalqaro kompaniyalar, şuningdek, boşqa yirik taşkilotlarda iş topmoqda.
Ilmiy tadqiqotlarda iştirok etiş, xalqaro akademik muhitda tahsil oliş va öz loyihalarini rivojlantiriş imkoniyati bitiruvçilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiradi. Ayrim bitiruvçilar xorijda öqişni davom ettiradi. NU bitiruvçilari Ayvi ligasi universitetlari, şuningdek, Stanford University, Massachusetts Institute of Technology (MIT), University of Oxford va dunyoning boşqa yetakçi oliygohlariga grant asosida öqişga qabul qilinmoqda.

Nazarbayev University talaba va bitiruvçilari nafaqat bilim olişi va ilmiy faoliyat bilan şuğullanişi, balki öz texnologik loyihalarini ham rivojlantirişi mumkin. Oliygoh ekotizimi tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydi va jamoalarning xalqaro bozorga çiqişiga kömaklaşadi.
NU bilan boğliq 18 ta startap Stanford universiteti hamjamiyati iştirokida taşkil etilgan StartX akseleratsiya dasturidan ötgan. Mazkur natija texnologik jamoalar uçun öz ğoyalarini rivojlantiriş va xalqaro tadbirkorlik muhitida tajriba orttiriş imkoniyatidir. Bunga misollardan biri bozor qiymati 5,4 milliard dollarga baholanayotgan Qozoğistonning ilk texnologik “yakkaşoxi”– Higgsfield AI startapidir. Universitet maʼlumotlariga köra, startap jamoasining 90 foizini NU talabalari va bitiruvçilari taşkil etadi.












