Birlaşgan millatlar taşkiloti Olenivka koloniyasida iyul oyi oxirida u yerda bölgan önlab ukrainalik harbiy asirlarning ölimiga sabab bölgan portlaş yuzasidan tergov olib boradi. Missiyaga braziliyalik general Karlos dos Santos Kruz boşçilik qiladi, dedi BMT boş kotibi Antoniu Guterriş. «Biz obektga va boşqa barça joylarga xavfsiz kirişning zarur kafolatlarini oliş uçun işlaşni davom ettiramiz», dedi Guterriş 18 avgust, payşanba kuni Lvivda.
Ğarbiy Ukrainaning uşbu şahrida BMT rahbarining Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uç tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. Antonio Guterriş muzokaralar yakuniga yetgaç, don eksporti böyiça kelişuvni ijobiy tendensiyaning «boşlanişi» deb atadi. «Odamlarga tinçlik kerak», - deya ta’kidladi u, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi çoğida ölganlar soni, keng kölamli vayronalar va inson huquqlarining jiddiy buzilişini eslab. Guterriş bu uruşni diplomatiya yöli bilan töxtatişga çaqirdi.
Antoniu Guterriş bilan uçraşuvda tomonlar «ğalla taşabbusini amalga oşiriş böyiça muvofiqlaştirişni davom ettirişga kelişib oldi», şuningdek, ukrainaliklarni RFga majburiy deportatsiya qiliş muammosi, ukrainalik harbiy asirlar va şifokorlarni ozod qiliş masalasini ham muhokama qildi. «Ukraina global oziq-ovqat xavfsizligi kafolati bölişda davom etişga tayyor», deb işontirdi Zelenskiy.
Muloqotning asosiy mavzularidan biri Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya AESdagi vaziyat va stansiyaning davom etayotgan öqqa tutilişi böldi. «Bosqinçining bu terrori global halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Şu bois, BMT uşbu strategik obekt xavfsizligini, uni qurolsizlantiriş va Rossiya qöşinlaridan töliq ozod qilişni ta’minlaşi şart», - dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy va Erdöğan örtasidagi muzokaralar yakunlari böyiça Turkiyaning Ukrainani uruşdan keyingi tiklanişida iştirok etişi töğrisidagi memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda Ukraina prezidenti sayti. Birinçi loyiha Kiyev oblasti Romanovka qişloğida Buça va Irpenni poytaxt bilan boğlaydigan va uruşning birinçi kunlarida vayron bölgan köprik qurilişi bölişi mumkin. «Biz turkiyalik hamkorlarimizga Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmani tiklaşda hamkorlik qilişga tayyor ekanliklari uçun minnatdormiz. Turk biznesi yöllar va köpriklar, xususan, Zaporijjya va Kremençug köpriklarini qurişda katta tajribaga ega va özini işonçli hamkor sifatida körsatdi. Şuning uçun biz tez orada birgalikda tiklaş işlarini amalga oşiriş böyiça amaliy natijalariga erişamiz, deb umid qilaman», dedi Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov.
Öz navbatida, Ukraina prezidenti Telegram’da Erdöğanning Ukrainaga taşrifini «bunday qudratli davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişning salmoqli mujdasi» deb atadi. Bundan taşqari, tomonlar «ğalla taşabbusini yaxşilaş imkoniyatlari, Zaporijjya AES atrofidagi vaziyat va bosqinçilar tomonidan yadroviy şantaj, Rossiyaning Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududidagi yirik don talon-torojligi», şuningdek, mudofaa sohasidagi hamkorlik masalalarni muhokama qildi, dedi Zelenskiy.
Öz navbatida, Rajab Toyyib Erdöğan Ukrainada yangi yadroviy falokat xavfi borligini ma’lum qildi. «Biz yangi Çernobilni körişni xohlamaymiz», dedi u. Turkiya prezidenti, şuningdek, mojaroni «muzokaralar stolida» hal qiliş imkoniyatiga işonişini ta’kidladi.
Zelenskiy, Guterriş va Erdöğan uçraşuvi bölib ötgan kuni Lvivda norozilik mitingi bölib ötdi, unda iştirokçilar Rossiya tomonidan asirga olingan ukrainalik harbiylarni qutqariş va RFni terrorçi davlat sifatida tan olişga çaqirdi. Ular özini «DXR» deb e’lon qilgan ma’muriyat tomonidan uşlab turilgan Mariupoldagi «Azovstal» zavodi himoyaçilari ozod etilişida BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar harakatsizligi töğrisida ma’lum qildi.
Olenivkadagi koloniya baraklaridan birida 29 iyul kuni ertalab portlaş sodir böldi. Rossiya ma’lumotlariga köra, kamida 53 ukrainalik mahbus halok bölgan. Rossiya tomoni Ukrainani mahbuslar saqlanadigan binoga HIMARS tizimlari bilan zarba berişda ayblamoqda. Kiyev buni qat’iyan rad etdi. Harbiy ekspertlar ruslar u yerda termobarik öq-dorilarni qöllagan, degan fikrga keldi. Qizil Xoç taşkiloti ukrainalik mahbuslarning «Azovstal»ni tark etişi bilanoq xavfsizligi kafolatlanişi töğrisida ma’lumot bermaganini bildirdi.
Iyul oyining oxiridan boşlab Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bölgan va mart oyi boşida RF tomonidan bosib olingan Zaporijjya AES muntazam ravişda öqqa tutib kelinmoqda, OAVda u Rossiya tomonidan minalab qöyilgani haqida ma’lumotlar ham paydo böldi. AEXA yadroviy falokat xavfi haqida ogohlantirmoqda. Bir neça kun avval xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi BMT Xavfsizlik kengaşi favqulodda yiğilişida AEXA ekspertlarini zudlik bilan elektr stansiyasiga kiritişni talab qilgan edi. Ukrainaning «Energoatom» davlat kompaniyasi rahbari Petr Kotinning DW’ga aytişiça, Ukraina tomoni ZAESning yadroviy va radiatsion xavfsizligini töliq nazorat qilmayapti.
Iyul oyi oxirida Istanbulda RF, Ukraina, Turkiya va BMT örtasida Ukrainaning uçta portidan Ukraina donini dengiz orqali eksport qiliş böyiça kelişuv imzolangan edi. Şu tariqa, uruş boşlanganidan beri dengiz portlarida tösib qöyilgan bir neça million tonna Ukraina ğallasini eksport qiliş muammosini hal qiliş möljallanmoqda. Şartnoma imzolanganidan bir kun ötmasdan Rossiya Odessa dengiz portiga raketa hujumini amalga oşirdi. «Ğalla yölagi» avgust oyi boşida iş boşlagan.













