Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan Özbekistonda iqlim yomonlaşayotgani, qurğoqçil hududlar köpayib, suv tanqisligi tobora sezilayotgani, iqlimiy sikllar özgarib, yoğingarçiliklar vaqti va mavsumlar mutanosibligi özgarib borayotgani, oqibatda sellar, köçkilar, qumli böronlar kabi tabiat hodisalari soni ortib borayotgani har birimizni taşvişga solişi şart.

Ammo afsuski, hamma ham bu haqda öylamayapti, hamma ham bu haqda qayğurmayapti. Kam sonli faollarning çaqiriqlariga esa doim ham quloq solişmayapti. Sohaga mas’ullar, qonun çiqaruvçi organlar, hukumat va faollar bir yoqadan boş çiqarib, ekologiyamiz yomonlaşuvining oldi olişi lozim bölgan davrga yetib keldik.

Xöş, sohaga bevosita javobgar bölgan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bu çaqiriqlarga qay darajada tayyor? Mavjud holatga, ehtimoliy va voqelikka aylanib bölgan muammolarga qömita qanday reaksiya qilyapti? Daraxtlar kesilib bölgaç, suv manbalari ifloslantirib bölingaç, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar öldirib bölingaç reaksiya körsatadigan va jarima soladigan taşkilotga aylanib qolayotgandek taassurot uyğotayotgan taşkilotda qanday rejalar bor?

Ekoqömita raisi Narzullo Oblomurodov bilan intervyu uyuştirişni ançadan beri niyat qilib, buning uçun bir neça bor urinib kördik, ammo ayrim sabablarga köra bu iş orqaga surib kelindi. Nihoyat, Toşkent şahri, Çilonzor tumanidagi daraxtkesarlik bilan boğliq şov-şuvli voqeadan söng Ekoqöm raisi biz bilan uçraşdi. Unga özimiz va jamoatçilikni qiynayotgan savollarni bera oldik.

Narzullo Oblomurodov qömita raisligi lavozimidagi ötgan faoliyatidan qay darajada qoniqayotgani, xalq oldidagi hisobdorligi haqida töxtalib ötdi. Öziga nisbatan talabçan va faoliyatidagi kamçiliklarni tan olgan rais suhbat davomida qömita tomondan amalga oşirilayotgan işlarga ham töxtalib, ularni yoritib, xalqqa yetkazişda kamçiliklar bölganini aytib ötdi.

Intervyu davomida biz Özbekistondagi hayvonot olami, unga bölayotgan tahdid, suv muammolari, “Yaşil makon” dasturi, daraxtkuşlik illati, havo va iqlim özgarişi muammolari borasida savollar berdik. Şuningdek, sönggi paytlarda internet tarmoğida paydo bölgan va şaxsan Oblomurodov obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan uning şaxsiy hamda xizmat avtomobillari, qömita fondidan bank depozitiga qöyilgan pullar va ulardan özi va qöl ostidagi rahbarlar foydalanyotgani kabi miş-miş gaplarga aniqlik kiritişga urindik.

Albatta, töliq ma’lumot va qiziqarli savol-javob uçun videointervyuni körişni tavsiya qilamiz.