Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçning aytişiça, NATO kuçlari Kosovoda yaşovçi serblarni himoya qilişi kerak, aks holda Serbiya buni özi amalga oşiradi. Prezidentning murojaati 21 avgust, yakşanba kuni Serbiya telekanallari orqali namoyiş etildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Dalil keltirmagan Vuçiçning sözlariga köra, Kosovo hukumati «nihoyat serb xalqini Kosovodan haydab çiqarmoqçi» va «faqatgina serb davlatining respublikadagi izlarini yöq qilişdan manfaatdor». «Boradigan joyimiz yöq, burçakka qamaldik», dedi Serbiya rahbari. «Agar NATO buni istamasa, unda biz xalqimizni ta’qiblardan qutqaramiz».
Vuçiç yaqin ön kun içida Serbiya Kosovoda Serbiyadan avtomobillarni qayta röyxatdan ötkaziş qoidalari va respublikaga kirib kelayotgan qöşni davlat fuqarolari uçun vaqtinçalik hujjatlar joriy etilişi munosabati bilan yuzaga kelgan inqirozga «murosali yeçim» izlaşini aytdi. Kosovo şimolida Serbiyada röyxatdan ötgan 10 mingga yaqin transport vositalaridan foydalaniladi.
Uşbu çoralar 2022 yil 29 iyunda e’lon qilingan va Kosovoda 1 avgustdan kuçga kirişi kerak edi. Ammo 31 iyul kuni Serbiya bilan çegaradoş şimoliy hududlarda yangi qoidalarga qarşi norozilik namoyişlari avj oldi, mahalliy serblar yöllarni tösib qöydi, Kosovo esa çegara punktlarini yopdi.
Öşa tunda Kosovo Respublikasi boş vaziri Albin Kurti namoyişçilar barrikadalarni olib taşlab, yöllarni tösib qöyişni töxtatişi şarti bilan çora-tadbirlarni 1 sentabrga qadar qoldirişni buyurdi.
Serbiya va Kosovo rahbarlarining YeI vositaçiligida 18 avgust kuni bölib ötgan muzokaralari natijasiz yakunlandi. Ular ötkazilişidan oldin ham Vuçiç kelişuvga erişiş borasida optimizm körsatmadi. «Men qandaydir yeçimga umid qilişda davom etsam-da, bunga şubha bilan qarayapman», deb yozdi u Twitter’da. Öz navbatida Kurti Kosovo şimolida barrikadalar örnatayotgan «noqonuniy serb tuzilmalari»ni tanqid qildi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel muzokaralar yakunida YeI davlatlar örtasidagi ziddiyatni hal qilişga urinişda davom etişini aytdi. «Men taslim bölmayman. Biz yeçim izlaşimiz kerak», deb ta’kidladi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Şu bilan birga, mamlakatlar örtasidagi muzokaralar uzoq vaqt davomida töxtatilgan bölsa-da, 2011 yildan beri davom etmoqda. Kosovo mustaqillikni tan olişdan taşqari, YeIga a’zo bölişni xohlayapti.












