Buyuk Britaniyaning yangi boş vaziri nomi 5 sentabr kuni e’lon qilinadi, deb xabar berdi Sky News telekanali torilar partiyasi ham raisi Endryu Stefensonning maktubiga asoslanib.

«Natijalar 5 sentabr duşanba kuni Vestminsterdagi markaziy joylardan birida soat 12:30da e’lon qilinişini tasdiqlaşdan xursandman», — deyiladi maktubda.

Boş vazir saylovining yakuniy bosqiçiga mamlakat taşqi işlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rişi Sunak çiqqan.

Oxirgi turda konservativ partiyaning barça a’zolari ovoz berişi orqali ğolib aniqlanadi.

Boris Jonson 7 iyul kuni mamlakat boş vazirligi va konservativ partiya rahbarligidan ketişini ma’lum qilgandi.