Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

2022/2023 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga qabul böyiça magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötgan 10 031 nafar fuqaro arizalari töliq körib çiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani taşkil qildi. Şundan:

  • xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
  • davlat stipendiantlari — 296 ta;
  • kimyo, biologiya va informatika yönalişlari böyiça imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
  • kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari ğoliblari — 12 ta;
  • közi ojizlar toifasiga kiruvçi a’lo baholarga öqigan bitiruvçilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi şaxsiy kabineti orqali bilib olişi mumkin.