Hukumatning 2026-yil 17-sentabrdagi 500-son qarori bilan oliy taʼlim tizimida magistratura bosqiçida kadrlar tayyorlaşni takomillaştiriş va uning samaradorligini oşiriş böyiça yangi tartib belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2026-2027 öquv yilidan boşlab magistraturada kadrlar ikki xil dastur asosida tayyorlanadi. Işlab çiqariş (amaliy) dasturiga yönaltirilgan magistraturada öqiş muddati kamida bir yil, ilmiy-pedagogik dasturda esa kamida ikki yil etib belgilanadi.

Magistraturada taʼlim muayyan mutaxassislikning öquv rejasi va dasturlariga muvofiq kunduzgi, keçki yoki masofaviy şakllarda taşkil etilişi mumkin.

Işlab çiqariş (amaliy) dasturini tamomlayotgan magistrantlar anʼanaviy magistrlik dissertatsiyasi örniga mutaxassislik xususiyatidan kelib çiqib amaliy iş tayyorlaydi. Bu loyiha işi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik ğoyasi, amaliy-ijodiy asar yoki boşqa turdagi iş bölişi mumkin. Bitiruvçi tayyorlagan işini himoya qilişi talab etiladi.

Ilmiy-pedagogik dastur böyiça tahsil olgan magistrantlar esa magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi. Dissertatsiya dastlabki himoyaga qadar plagiatga tekşiriladi va «yaşirin ekspert taqrizi»dan ötkaziladi.

Şuningdek, Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqola çop etgan magistratura talabalarini belgilangan tartibda rağbatlantiriş nazarda tutilgan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi magistraturada öqiş davomiyligini mutaxassisliklarning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib muvofiqlaştiruvçi organ sifatida belgilandi.

Yangi tartib ayrim oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi. Xususan, Odil sudlov akademiyasi, Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toşkent davlat yuridik universiteti, şuningdek, oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlari bundan mustasno.