Dunyo fuqaro aviatsiyasida juda köp halokatlar sodir bölgan. 1985 yilda Yaponiyada sodir bölgan Japan Air Lines’ga qaraşli Boeing 747 halokati ular orasida ajralib turadi. Mazkur halokat bitta samolyot bilan sodir bölgan halokatlar orasida eng yirigi hisoblanadi.
Bu hodisada 506 nafar yölovçi va 14 nafar ekipaj a’zosi halok bölgan. Faqat ikki nafar yoş qizça, bir nafar yölovçi ayol va bir nafar styuardessa tirik qoladi.
Eng köp odam ölgan aviahalokatlar umumiy röyxatida Japan Air Lines’ga qaraşli Boeing 747 halokati 4-örinni egallaydi. Undan oldinda 2011 yilda AQŞda terrorçilar tomonidan olib qoçilgan ikkita samolyot halokati va 1977 yil 27 mart kuni Niderlandiyaning KLM va AQŞning Pan Amerikan aviakompaniyalariga tegişli samolyotlarning özaro töqnaşgan hodisasi joylaşgan.
Boeing 747 haqida
Boeing 747 samolyotining loyihasi ötgan asrning 60-yillarida tayyorlangan bölib, uning ilk parvozi 1969 yilda amalga oşirilgan. Oradan beş yil ötib, 1974 yildan boşlab Boeing 747 samolyotlarini mijozlarga yetkazib beriş boşlangan.

Boeing 747 samolyotlari 1969 yildan 2020 yilgaça öndan ortiq modifikatsiyalarda 1570 dona işlab çiqarilgan. Bu turdagi samolyotlardan eng köp Atlas Air aviakompaniyasida 50 dona, UPS Airlines 39 dona, Lyuksemburgning Cargolux aviakompaniyasida 30 dona, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasida 27 dona bölgan.
1970-yillarda Boeing 747 samolyotlarining narxi 1970-yillarda 35-40 million, 2007 yilda esa 228-260 million dollarni taşkil etgan.
Boeing 747 samolyotlari uzoq masofalargaça töxtovsiz uça olişi bilan qulay bölgan. Masalan, 1989 yilda Avstraliyaning Qantas Airways aviakompaniyasiga tegişli, salonida yölovçilar bölmagan Boeing 747 Londondan Sidneyga 18 ming kilometr masofani töxtovsiz uçib borgan. Mazkur parvoz Boeing samolyotlari orasida rekord hisoblanadi.
Yaponiyada halokatga uçragan Boeing 747 samolyoti Japan Air Lines’ga Boeing kompaniyasi tomonidan maxsus buyurtma asosida yasab berilgan va aviakompaniya uni ilk mijozlaridan biri sifatida 1974 yilda qabul qilib oladi.











