Quyoshning faolligi va geomagnit bo‘ronlari Yer yuzini internetsiz qoldiradimi?
Faolligining 11 yillik siklida maksimum nuqtasiga kelgan Quyosh sirtida yangi qo‘sh dog‘ paydo bo‘ldi. Uning o‘lchami Quyosh tizimidagi ayrim sayyoralardan ham katta. Bu dog‘ Yerda yashayotganlar uchun qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?

Foto: -Vitan-/iStock
Somon yo‘li galaktikasi 100 mlrddan ortiq yulduzlarni jamlagan va ulardan biri – bizning Quyoshimiz. Bu gazli shar Quyosh tizimining 99,8 foiz massasiga ega, uning diametri Yer diametridan 109 barobar kattaroq.
Yulduzimizning qa’rida sodir bo‘layotgan yadroviy reaksiyalar tufayli Quyosh sirtida harorat Tselsiy shkalasi bo‘yicha 5000 darajaga yetadi. Shu sababli u astronomlarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan juda qizg‘in va qiziqarli obekt hisoblanadi.
Quyosh sirtida kuzatiladigan dog‘lar sayyoramiz o‘lchamidan ham bir necha barobar katta. Bu dog‘lar har 11 yilda Quyoshda ro‘y beradigan tabiiy sikl – yulduzning koinotdagi «ob-havo»ga ta’sir o‘tkazuvchi faolligidan so‘zlaydi.
Qora dog‘lar quyosh chaqnashlariga sabab bo‘ladi, chaqnash tufayli tojsimon otilishlar sodir bo‘ladi. Natijada Quyoshni o‘rab turgan fazoga magnit zarrachalaridan iborat bulutlar ajralib chiqadi.
Geomagnit bulutlar insoniyat uchun yangilik emas, 1859 yilgi Quyosh faolligi tarixdagi eng kuchli geomagnit bo‘roniga sabab bo‘lgan, 1989 yilgi bo‘ron esa elektr uskunalarini ishdan chiqargan.
Bunday tabiiy ofat bugungi kunlarda ham ro‘y berishi mumkinmi? Astronomlar bu savolga javobni bor-yo‘g‘i 48 soat ichida o‘lchamlarini nihoyatda kattalashtirgan Quyosh dog‘larini kuzata turib topishga harakat qilishmoqda. Bu haqda Hi-news.ru maqolasida so‘z boradi.

Quyosh sikli
Boshqa yulduzlar singari Quyosh ham uning magnit maydoni hamda 11 yillik siklini shakllantiruvchi vodorod va geliy atomlari yadrosi – zaryadlangan zarralari «omixta»sidan iborat qaynoq gazli shardan iborat. Bu har 11 yilda yulduzning shimoliy va janubiy qutblari uning sirti faolligiga ta’sir ko‘rsatib, o‘z o‘rnini almashtirishini bildiradi. Mana shu asnoda Quyosh dog‘lari ham paydo bo‘ladi.
Oddiyroq qilib aytganda, vaqt o‘tishi bilan Quyosh faollashadi va uning sirtidagi dog‘lar miqdori orta boshlaydi. Tsiklning boshlanishini tadqiqotchilar Quyosh minimumi deb ataydi, o‘rtasini esa Quyosh maksimumi.

Astronomlar Quyosh sikli davomiyligini kuzatishga ko‘p vaqt sarflashadi: buning yordamida Yer yuzasida ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoli bo‘lgan kosmik ob-havoni oldindan aytish mumkin. Tojsimon ajralishlar Xalqaro kosmik stansiyadan tashqarida ishlayotgan kosmonavtlarga ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, tojsimon ajralishlar deganda tadqiqotchilar Quyosh toji – yulduzning eng yuqori, eng siyrak va qaynoq qatlamidan modda ajralib chiqishini nazarda tutishadi.
Quyosh dog‘lari – bu yulduz sirtidagi kuchli magnit maydonlariga ega soha bo‘lib, Yerdan turib kuzatilganda ular yulduzning boshqa sirtlariga qaraganda qoramtirroq bo‘lib ko‘rinadi. Ayrim dog‘lar butun bir sayyora kattaligida bo‘ladi, ularning yaqinidagi magnit maydonlari chiziqlari ko‘pincha chalkashib kesishadi.

Quyosh faolligi
Yaqinda olimlar Quyosh sirtida to‘g‘ri bizga «qarab turgan» dog‘ni payqab qolishdi. Hayratlanarlisi, u oddiy chaqnashdan bir necha kuni ichida o‘lchamini o‘n barobarga oshirib, Quyosh tizimimiz sayyoralaridan ham katta dog‘ga aylandi. Bu gigant dog‘ AR3085 deb nomlandi va tadqiqotchilarning fikricha, sayyoramizga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Baxtga ko‘ra, ayni damda dog‘ sayyoramizda yashovchilarga xavf tug‘dirmaydi – Yer atmosferasi undan kelayotgan zararli nurlanishdan saqlay oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh faolligi davrida kuzatilgan ma’lumotlarga asoslanib, Quyosh 11 yillik siklining eng cho‘qqisiga yaqinlashmoqda, degan xulosaga kelishgan, bu esa magnit qutblarining o‘rin almashishiga olib keladi (shimoliy qutb janubiyga aylanadi va aksincha).

Bunday hodisalar ekstremal kosmik ob-havoni vujudga keltiradi va yirik quyosh bo‘roniga ham aylanib ketishi mumkin. Bunday hodisalarni avvaldan aytish uchun olimlar geomagnit bo‘ronlar boshlanishidan 48 soat oldin ogohlantiruvchi maxsus algoritmlar ishlab chiqishgan.
Quyosh sirtida sodir bo‘ladigan hodisalarni doimiy o‘rganish tarixda ilk bor bizga AR3088 kabi aylanuvchi magnit maydoniga ega dog‘ni kuzatish imkonini bermoqda, deyishmoqda mutaxassislar.
Quyosh faolligining yangi modellarini yaratish uchun ekspertlar NASA Pleiades superkompyuteri va bir necha teleskoplarning yordamiga tayanishdi. Bu shunday ishlaydi: yangi modellar Quyosh dog‘lari paydo bo‘lishi hamda uning faolligi imitiatsiyasini yaratadi va astronomlar esa ilgari hech kuzatilmagan Quyosh qutblari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni kuzatish imkonini beradi.
Geomagnit bo‘ronlar
Quyosh chaqnashlarining nurlanishi ham Yer magnit maydoni ishiga ta’sir o‘tkazadi – uning junbishga kelishi bir necha soatdan bir necha sutka davom etadigan geomagnit bo‘ronlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ekstremal kosmik ob-havo yurak-qontomir kasalliklariga ega insonlarda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

Spaceweather portalining xabar berishicha, AR3085 dog‘i tojsimon massaning kuchli ajralib chiqishiga va kuchli meomagnit bo‘roniga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday kuchli geomegnit bo‘ron Yer yuzini bir necha oyga tosh asriga uloqtirib tashlashi mumkin.
National Geographic nashrining yozishicha, o‘ta kuchli geomagnit bo‘ronlari millionlab insonlarni elektr chirog‘isiz, ichimlik suvisiz, issiqlik, kanalizatsiya, internet va telefon aloqasisiz qoldirishi mumkin.
Xo‘sh, kuchli geomagnit bo‘roniga duchor bo‘lsak, nima qilishimiz kerak? Ehtimolli oqibatlarni oldindan aytish uchun tadqiqotchilar avvalgi bo‘ronlarni o‘rganishadi. Kosmik erada bunaqasi so‘nggi marta 1989 yilning martida ro‘y bergan. O‘shanda Kanadaning Kvebeki elektr energiyasiz qolgan. AQShning ko‘plab shaharlarida elektr energiyasi uzatish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.

Bugun yirik megapolislarga xizmat ko‘rsatayotgan elektr energiyasi tizimlariga magnit bo‘ronlarining ta’siri 50 milliondan ortiq aholi uchun yoppasiga blekaut hosil qilishi mumkin. Bu holatda texnologik jarayonlarning tiklanishi uchun oylab vaqt talab etiladi. Baxtga ko‘ra, yaqinda ro‘y bergan magnit bo‘ronlari chog‘ida sun’iy yo‘ldoshli aloqa vositalari ko‘p ham zarar ko‘rmadi.
Qorong‘ilik qa’rida
Geomagnit bo‘ronlarning eng noxush oqibatlaridan biri sifatida tadqiqotchilar internetning yo‘q bo‘lib qolishini sanashmoqda.
Kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘tgan yili o‘tkazilgan konferensiyada olimlar «Geomagnit bo‘ronlar: internet apokalipsisiga tayyorgarlik» sarlavhasi ostida hisobot taqdim etishdi. Unda olimlar qit’alar va mamlakatlarni bog‘lovchi suv ostidagi kabellarga zarar yetadigan bo‘lsa, sayyoramiz internetsiz qolishi mumkinligidan xabar berishgan.

Shu sababli tadqiqotchilar jahon yetakchilarini ehtimolli tahdidga tayyorgarlik ko‘rishga chorlashgan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
Jamiyat | 17:17
-
“Shohrux Abdunazarovni majburiy keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda” – Jizzax IIB yuk mashinalari bilan bog‘liq firibgarlik haqida
Jamiyat | 17:03
-
ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi
Jamiyat | 17:00
-
O‘zbekiston prezidenti ilk bor Sloveniyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 16:57
Mavzuga oid

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

01:36 / 23.03.2025
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi

16:48 / 21.01.2025