Bir neça ön yildan beri AQŞ dollari xalqaro tijoratning qoni va Qöşma Ştatlar qudrati saqlanib turişida barqaror omil bölib xizmat qilmoqda. Murakkab geoiqtisodiy jarayonlar, globallaşuv tendensiyasi va bir qutbli dunyo köp qutbliga aylangan bölsa-da, xalqaro savdoda dollar yetakçiligini saqlab qoldi. Ayni paytda xalqaro hisob-kitob operatsiyalarining 60 foizidan ortiği hali ham AQŞ dollarida amalga oşirilayotgani buning yaqqol isbotidir. Dollar qudratining siri nimada va unga potensial raqobatçilar yuzaga kelişi mumkinmi?

Bretton-Vuds bitimi

1944 yilning iyulida AQŞning Bretton-Vuds şahrida dunyoning yetakçi moliyaçilari va yirik davlatlar vakillari iştirokida konferensiya ötkaziladi. Unga köra, bir troya unsiya (31,1 gramm oğirlikda) oltinning qat’iy va özgarmas bahosi 35 AQŞ dollari qilib belgilandi. Konferensiya qatnaşçilari xalqaro tölovlarda oltin örniga dollarda hisob-kitob qilişga kelişib olişdi. Bu dollarning oltinga tenglaştirilişi edi. Öz navbatida AQŞga har doim belgilangan qiymat evaziga oltin sotiş kafolatini beriş majburiyati yuklatiladi. Bu va’daga kafil bölişi mumkin bölgan omillar ham talaygina edi. Qöşma Ştatlar uruş yillarida ulkan boylikka ega böldi. Xususan, 1938 yilda Vaşingtonning oltin zaxiralari 13 ming tonnani taşkil etgan bölsa, 1945 yilda 17,7 ming tonnaga, 1949 yilda esa 21,8 ming tonnaga yetib, butun dunyodagi oltin zaxiralarining 70 foizini özida töplaşga erişdi.

Bitimdan keyingi dastlabki yillarda Ikkinçi jahon uruşidan keyingi Yevropani qayta tiklaşga qaratilgan Marşall rejasiga muvofiq, Yevropa milliy iqtisodiyotlariga dollar «kiritiş» boşlandi. Buning natijasida Yevropa davlatlari markaziy banklari oltin-valuta zaxiralarida dollarning uluşi sezilarli darajada köpaydi. Ammo vaqt ötişi bilan dollar ham inflatsiya va devalvatsiya ta’siridan çetda qolmadi. Ötgan asrning 60-yillari oxirida valuta bozorlarida dollar qiymati tuşib ketişiga olib kelgan AQŞ iqtisodiyotining navbatdagi pasayişi yuz beradi. 1968 yildan oltin bahosi ikki xil kursda, ham oldingi kelişuv böyiça, ham bozor bahosida belgilana boşladi. 

Dollar inqirozi haqida ilk miş-mişlar

Valuta kursi özgara boşlaşi fonida Fransiya prezidenti Şarl de Goll xalqaro tölovlar faqat oltinda amalga oşirilişi şartligi haqidagi bayonot bilan çiqadi.

«Oltin xususiyati heç qaçon özgarmaydi: u yombi, tanga va boşqa körinişda bölişi mumkin, uning millati bölmaydi, u qadimdan özgarmas qiymati uçun butun dunyoda qabul qilinadi. Şubhasiz, bugun ham har qanday valuta qiymati bevosita yoki bilvosita oltin bilan ölçanadi», deya ta’kidlagan Şarl de Goll Fransiya davlat rezervlaridagi bir yarim milliard naqd dollarni oltinga almaştirib berişni talab qila boşlaydi.

Şundan söng ikki yil içida Fransiya AQŞdan dollarga almaştirib 3 ming tonnadan ortiq oltin olib keladi. Fransuzlar ortidan nemislar ham xuddi şu yölni tanlaşadi. Asta-sekin ittifoqdoş boşqa mamlakatlar markaziy banklari ham AQŞdan dollarlarini oltinga almaştirib berişini talab qila boşlaydi.

1968 yil martida AQŞ birinçi marta dollarning oltinga erkin almaştirilişini çeklaydi. 1971 yilning iyul oyi oxiriga kelib AQŞning oltin zaxirasi keskin pasayib ketadi. Şundan söng «Nikson-şok» nomi bilan tarixga kirgan voqea sodir böladi. Öşa yilning 15 avgustida AQŞ prezidenti Riçard Nikson dollarning oltinga boğliqligi bekor qilinganini e’lon qiladi. Bu esa dollarning inqirozi haqida ilk gaplar tarqala boşlaşiga sabab böladi.

Yamayka kelişuvi

1971 yilda oltin bahosi 35 dollardan 38 dollarga, 1973 yilda esa 42 dollargaça kötarilib ketadi. Şundan söng 1976 yilning yanvarida Yamaykaning Kingston şahrida Xalqaro valuta jamğarmasi konferensiyasi ötkaziladi va yangi bitim imzolanadi. Yamayka valuta tizimi nomi bilan kirgan kelişuvga asosan dollarning oltinga aniq narx asosida konvertatsiya qilib berilişi böyiça kelişuv bekor qilindi va oltin ham, dollar ham tölaligiça bozor prinsiplari asosda muomalaga qöyib yuborildi. 

Yamayka valuta tizimining asosiy tamoyillari:

  • oltin standarti va oltin paritetlari rasman bekor qilindi (içki va xalqaro operatsiyalar uçun valutalarni oltinga boğlaş);
  • oltinning demonetizatsiyasi belgilandi: markaziy banklarga oltinni oddiy tovar sifatida bozor narxlarida sotiş va sotib olişga ruxsat berildi;
  • valuta zaxiralarini şakllantiriş uçun «jahon pullari» sifatida foydalaniş mumkin bölgan SDR tizimi joriy qilindi. SDR funksiyalariga tölov balanslarini tartibga soliş va milliy valutalar qiymatini taqqoslaş ham kiritildi;
  • SDR’dan taşqari AQŞ dollari, funt sterling, Şveytsariya franki, yapon iyenasi, nemis markasi va fransuz franki rasman zaxira valutalari sifatida tan olindi (nemis markasi va fransuz franki yevroga aylantirilgan);
  • valuta bozorida talab va taklifdan kelib çiqib şakllantiriladigan erkin suzuvçi valuta kurslari rejimi belgilandi.

Yamayka kelişuvidan keyin köpçilik endi dollar qulaşi aniqligi haqida bayonotlar berdi. Ammo bu paytga kelib butun dunyo moliya tizimi dollarga qaram bölib ulgurgan, har qanday xalqaro iqtisodiy munosabatlarda eng qulay muomala vositasi AQŞ dollariga aylanib qolgandi.

AQŞ dollari hukmronligi tugayaptimi?

Garçi AQŞ dollari jahon bozorida hali ham katta rolga ega bölsa-da, sönggi yigirma yil içida uning hukmronligi asta-sekinlik bilan pasayib bormoqda. Xususan, Xalqaro valuta jamğarmasining oxirgi hisobotiga köra, markaziy banklar tomonidan AQŞ dollarida saqlanayotgan zaxiralarning uluşi asr boşidan buyon 12 foiz bandga kamayib, 1999 yildagi 71 foizdan 2021 yilda 59 foizga qisqargan. Şunday bölsa-da, dollar qolgan valutalarga nisbatan yuqori darajadagi dominantlikni uşlab turibdi.

Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Ğarb davlatlari Rossiyaga qarşi bir qança oğir sanksiyalarni joriy qildi. Xususan, Rossiya Markaziy banki valuta zaxiralari muzlatib qöyildi. Xalqaro valuta jamğarmasi direktorining birinçi örinbosari Gita Gopinathning fikriça, Ğarb tomonidan Rossiyaga qarşi qöllanayotgan moliyaviy sanksiyalar AQŞ dollarining dunyodagi rolini asta-sekin zaiflaştirişi va xalqaro valuta tizimi yanada parçalanişiga olib kelişi mumkin. Bu Qöşma Ştatlar bilan geosiyosiy aloqalari yomonlaşişi mumkin bölgan davlatlar, xususan, Xitoyning valuta zaxiralari xavfsizligini qayta körib çiqişga yangi turtki bergan va dollarga asoslangan moliyaviy tizimlardan xalos qiliş va muqobil variantlarni izlaş uçun sa’y-harakatlarini tezlaştirgan.

Harvard universiteti professori Kennet Rogofning ta’kidlaşiça, dollar hukmronligi keyingi 20 yil içida barham topişi mumkin. Sabab sifatida Rossiyaning dollar ustunlik qiladigan jahon moliya tizimiga kirişini çeklab qöygan sanksiyalar joriy qilingani keltirib ötilgan.

«Xalqaro moliya tizimidagi özgarişlar AQŞ dollari bilan raqobatlaşişi mumkin bölgan vositalar paydo bölişini tezlaştiradi. Bu, albatta, bir keçada sodir bölmaydi, ammo 50 yil davom etişi mumkin bölgan tendensiya, 20 yilda amalga oşişi mumkin», degan u.

Uruş boşlangandan keyin Rossiya energiyasining asosiy iste’molçilari bölgan Xitoy va Hindiston ham keyingi bir neça oy içida xaridlarni köpaytirdi va savdo operatsiyalarini avvalgidek dollarda emas, balki öz milliy valutalarida amalga oşira boşladi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga köra, Samarqandda böladigan ŞHT davlat rahbarlari sammitida «Özaro hisob-kitoblarda milliy valutadan foydalanişni kengaytiriş töğrisida»gi yöl xaritasi tasdiqlanişi mumkin.

Şuningdek, Saudiya Arabistoni Xitoyga neft sotişning bir qismini yuanda amalga oşirişni körib çiqayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Muqobil tanlovlar bormi?

Hozirda jahon bozori Yevropadan Osiyoga tomon köçmoqda. Bu hududdagi mamlakatlarning juda katta qismining taşqi savdo aylanmasida Xitoy yetakçilik qiladi. Bundan taşqari, dunyoning global kuçga ega kompaniyalari va işlab çiqaruvçilari uçun ham mahsulot sotişda Xitoy eng katta bozor hisoblanadi. Bu esa rasmiy Pekinning dollar ustunlik qiladigan xalqaro tölovlar infratuzilmasiga muqobil variantlarni işlab çiqişga qaratilgan sa’y-harakatlarini rağbatlantiradi.

Goldman Sachs investitsiya bankining prognozlariga köra, 2030 yilga borib yuan iyena va funtdan özib, dunyoning uçinçi yirik zaxira valutasiga aylanadi va global valuta aktivlarining 10 foizigaça bölgan qismini taşkil etişi mumkin. Ammo mamlakatdagi kuçli kapital nazorati va yopiq işlaş tizimi yuanning dollarga raqobatbardoş valutaga aylanişiga tösqinlik qiladi.

«Xitoy AQŞ kabi gegemon iqtisodiy qudratga ega, ammo u yirik moliyaviy kuçga aylaniş uçun infratuzilma qura olgani yöq», deydi PineBridge Investmens tahlilçisi Anders Faergemann.

Şuningdek, davlatlar XX asr örtalaridagi kabi öz zaxira aktivlarini töliq oltinda ham saqlay olişmaydi. Çunki bu tölovlarni amalga oşirişda noqulayliklar yuzaga keltiradi. Şu sababli ham oltin sotiş yoki sotib oliş zanjirining boşida va oxirida baribir dollar böladi.

Yevro dollardan keyingi eng yirik miqdorda saqlanadigan zaxira valutasidir, ammo uning qiymati yevrohududdagi inqirozli holat tufayli noaniqliklarni yuzaga keltirmoqda.

Bundan taşqari, bir qança mutaxassis tomonidan global maqomga da’vo qilişi taxmin qilingan kriptovalutalar qiymati juda özgaruvçan va beqaror bölgani sababli ularga nisbatan işonç ham keskin pasayib ketdi.