Bugun dunyoda bir qutblilik zaiflaşib bormoqda. Lekin hali köp qutblilik şakllanib ulgurmadi. Şu fonda, keyingi davrlarda uruşlar normaga aylanib bormoqda. Uruşlar endi normal davlatlar örtasidagi tabu hodisa emas. Tahlillarga köra, keyingi ikki-uç ön yilliklar içida dunyo siyosiy sahnasida uruşlar köp böladi. Va mana şu uruşlar orqali yangi tartibot yoki yangi global vaziyat şakllanib boradi.

Xöş, bugun uruşlarning şakli-şamoyili özgarmoqdami, özgarayotgan bölsa, qay tomon özgarmoqda? Çunki aynan hozirgi kundagi uruşlar natijasida global geosiyosiy landşaft şakllanadi, mintaqaviy va global kuçlar nisbati örnatiladi.

Ha, keyingi yillarda, barçamizning köz öngimizda uruşlar tafakkuri, texnikasi jiddiy özgarmoqda.

Birinçidan, yaqin yillargaça humkron bölgan “super qurollar” davri ötib bormoqda. Yaʼni misol uçun, uzoqqa uçuvçi, katta zarba beruvçi, lekin nihoyatda qimmat turuvçi raketalar (Patriot, THAAD va h.k.) hamda aksilraketa tizimlari bugun uruş taqdirini belgilab bermaydigan bölib qoldi. Aksinça, köp sonli, juda arzon, istagança işlatiş mumkin bölgan va katta qiyinçiliksiz örni töldiriladigan qurol-aslaha tizimlari uruş taşabbusini qölga olib böldi.

Misol, AQŞning Eronga uruşidan kördikki, AQŞ kabi boy va qudratli davlatlar ham, qudratli raketalarni tezda işlatib qöydi, ularning örnini töldiriş esa qimmat va köp vaqt talab qiladi. Aksinça, Eronning arzon dronlari, nisbatan arzonroq raketalari yetarliça javob beriş imkoniyatini yaratdi. Xuddi şunday, Ukraina ham Rossiyaning oğir qurolli armiyasiga yengil va köp sonli dronlar orqali javob berib, harbiy taşabbusni raqibga berib qöymayapti.

Albatta, davlatlar qimmat bölsa-da, anʼanaviy raketa tizimlaridan voz keçmayapti. Ularni kuçli himoyalangan nişonlar uçun işlatmoqçi. Lekin, asosiy zarba beriş vazifasini arzon, nisbatan primitiv va örni tez töldiriladigan uçuvçisiz uçiş apparatlariga yuklamoqda.

Ikkinçidan, davlatlar har doimgidek holsizlantiruvçi, surunkali uruşlar girdobiga tuşib qolişni istamani uçun, eskalatsiya taktikasiga köproq murojaat qilişga harakat qilmoqda. Eskalatsiya – bu uruşni kuçaytiriş, bosimni oşiriş va şu yöl bilan narigi tarafni tezroq taslim qiliş demakdir. Şuning uçun ham uruşayotgan tomonlar uruşni konflikt çiziği böylab saqlab qolmasdan, balki zarbalarni duşman tarafning içkarisiga olib kirişga harakat qilmoqda.

Rossiya Ukrainaning içki hududlariga, şaharlariga hujumlar qildi. Ukraina ham keyingi bir yil içida uruşni RF içkarisiga olib kirdi, neft zavodlariga, katta savdo tarmoqlariga zarbalar berdi. Bu bilan raqibning ruhiyatiga, aholi orqali ijtimoiy asoslariga zarba berişga harakat qilmoqda. Uruşlar pozitsion, yaʼni özgarişi qiyin bölgan uruş liniyalari atrofida keçar ekan, uruş taşabbusini özgartiriş uçun duşman davlatning içiga olib kiriş va şu yöl bilan bosim qiliş – mantiqan kutiladigan holat. Şuning uçun ham, dunyo davlatlari uzoq masofaga zarba beradigan, yölda urib tuşirilmaydigan harbiy texnikalarga alohida sarmoyalar kiritmoqda.