Xasta holida birovning qöliga qaraşdan oğiri yöq. Lekin farzandi xasta bölganida ota-ona har qanday oğirlikni kötaradi. Bu onalar ham bolasining hayoti uçun kuraşayotgan muhtojlardir.

“Bolamni tuproqqa berişdan qörqaman”

7 yoşli Xanifa gödakligidan köp kasalga çalingan. Lekin navbatda uni oğir xastalik – oqqon kutib turgan edi. Qizlarining soğayişi uçun ota-onasi qöllaridan kelgança harakat qilib, davolatib kelişyapti. Bir hovlida tört oila yaşaydigan şaroitda sotişga arzigulik hamma narsa sotilib qizaloqning davolanişi uçun sarflangan. Oilada yana bir bemor – Xanifaning bobosi ham jigar sirroziga çalingan. Oddiy işçi bölib işlaydigan otasi esa har ikki oğir dardning çorasini topa olmayapti. Bemorning onasi Zarifa Meliqulova esa farzandini tuproqqa berişdan qörqişini aytadi.

Xanifa Nazirovaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 5704 0368 4284 onasi Zarifa Meliqulova nomida

Humo: 9860 0803 5239 6768 qarindoşi Xursanoy Meliqulova nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Şakarqamiş mahallasi 6 uy.

Boşiga tuşgan bilarkan oqqonning dahşatini...

Hali maktab ostonasini hatlab ulgurmagan Çarosning bir neça yildan beri şifoxonalarda umri ötyapti. Boşidagi xavfli yara sabab davolanişlar tugamasidan oqqonning belgilari körinib, qizaloqni töşakka mixlagan. Şifokorlarning sa’y-harakatlari bilan salomatligi ança tiklangan bölsa-da, hali undan kasallik ketmagan.

Yillab bemorni parvariş qiliş uy-joysiz, ijarada yaşovçi, kunlik işlar bilan şuğullanadigan ota-onaning tinkasini quritgan. Çarosning onasi öqituvçi, lekin qizining parvarişi tufayli hozir işlamaydi. Uy oliş niyatida yiğilayotgan mablağlarini şu vaqtga qadar işlatib kelgan oila endi dori-darmonlar xarajati uçun qiyin vaziyatga tuşib qolişgan.

Çaros Ismoilovaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0423 5564 7677 onasi Nilufar Nasriddinova nomida

Manzil: Buxoro viloyati, Qoraköl tumani, Qoraqulonçi qişloği 31 uy.

“Yolğiz boşim bilan köp qoqildim”

Taqdir taqozosiga köra Jonibek faqat onasi bilan yaşaşga majbur bölgan edi. Endi esa maş’um kasallik bilan ham kuraşişga mahkum.

“Yolğiz boşim bilan hayotda şunçalar köp qoqildimki, xayolimga ham kelmagandi. Ikki öğlimni halol yedirib katta qilayotganimda menga bu kasallik juda katta zarba böldi. Pulim yöqligi uçun bolamni davolata olmaslikdan qörqdim. Turmuş örtoğim bilan ajraşganimiz uçun xabar berganimda bolamni davolatiş uçun pul sarflaş befoydaligini aytdi. Özim imkon qadar oşxonalarda işlab bolalarimni boqayotgan edim, lekin bu bilan öğlimning dori-darmoniga yetkazib bölmayapti”, - deydi bemor bolaning onasi.

Jonibek Nabiyevga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0609 5655 6600 onasi Mohiçehra Ibragimova nomida

Humo: 9860 0303 3975 4704 onasi Mohiçehra Ibragimova nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Şerobod tumani, Galaguzar mahallasi, Gulzor köça 98 uy.

Nevaralariga ham ona, ham ota bölayotgan buvining hasrati

Bu oilaning boşiga tuşganlarini eşitib beixtiyor qalbda oğriq seziladi. Lazzat opa özi yolğiz holida ikki qizni turmuşga uzatgan. Yakka-yu yagona öğlini uylantirib endi oğzi oşga yetgan pallada ketma-ket kelgan kulfatlardan esankirab qoladi. Avvaliga kelini avtohalokat tufayli olamdan ötdi. Qizi Jibek va egizak çaqaloqlari bözlab qoldi. Bir muddatdan söng öğli ham avtohalokatda bir oyoğidan ayrilib, işga yaroqsiz bölib qoldi. Bular ham kamday katta nevarasi Jibekda oqqon xastaligi aniqlandi. Keksa holida nevaralariga ham ona, ham otalik qilayotgan buvining oladigan pensiyasi va bolalarning nafaqalari evaziga kun keçirişmoqda.

Jibek Jumayevaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0609 4082 0971 buvisi Lazzat Esimboyeva nomida

Manzil: Toşkent viloyati, Quyi Çirçiq tumani, Paxtaçi mahallasi, Mirza Uluğbek köçasi 8 uy.

Bemor bolalarning közlarida yaşaşga bölgan umid körinadi. Demak ular barçamizdan umidvor, yaxşiliklarga intizor bölib nafas olişyapti. Bu umidlar uşalişiga işonamiz.

 Gulmira Toşniyozova tayyorladi.

Tasvirçilar: Abdusalim Abduvohidov, Javohir Ğayratov.