Sohibqiron Amir Temur buyruği bilan yaratilgan 12 ta boğ tarxdan maşhur: Boği Dilkuşo, Boği Jahonnamo, Boği Maydon, Boği Nav, Boği Çinor, Boği Şamol, Boği Böldu, Boği Naqşijahon, Boği Zoğon va Boği Baland. Bu boğlardan aksariyatining nomi hanuzgaça iste’molda, faqat Boği Balandning bir qismi şu vaqtgaça saqlanib qolgan.

Tarixiy manbalarda Boğibaland anjirzorlari tarixi bir neça asrlarga borib taqalişi qayd qilingan. Jumladan, «Boburnoma»da bu hududda  Amir Temurning suyukli nabirasi, Mironşohning qizi Oqabegimga atab «Boğibaland» boği barpo etilgani va unda tökin anjirzorlar borligi yozilgan.

Bir paytlar Boğibaland boğlari hozirgi xalqaro aeroport va avtoşohbekat örnini ham egallagan ulkan boğ bölgan. Endi bu boğdan 40 gektar qolgan xolos. Bu yerda önlab oilalar ajdoddan avlodga anjir yetiştirib kelişmoqda.

Sönggi yillarda Boğibaland anjirzorlarida anjir sayli ötkaziş urfga kirdi. Bu yerda turizm mahallasi taşkil etildi. Bu yerga mahalliy va xorijlik sayyohlar ham taşrif buyurişmoqda. Çaylalarda anjirlar iyul oyning örtalaridan sentabr oyining örtalarigaça ğarq pişadi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Boğda 200-300 yillik anjirlarni ham uçratişingiz mumkin. Ularni har yili qiş faslida kömib, parvariş qilib meva yetiştiriladi. Bu haqda uzoq yillardan buyon anjir parvarişlab kelgan 84 yoşli Abduhalim bobo Raşidovning hikoya qilişiça, bu yerda jannat mevasi hisoblanuvçi anjirlarning asosan sariq navi yetiştiriladi. Qora anjirlar ham uçrab turadi, lekin uning xaridori kam.

 

Anjirlar yetilib uzilgaç, mahalliy bozorga çiqariladi. Asaldek anjirlarni xomligiça iste’mol qiliş ham mumkin, undan murabbo va şinni tayyorlasa ham böladi.