Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijarada yaşayotgan talabalariga oylik ijara tölovining bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

Hukumat buning tartibini belgilovçi nizomni bundan bir yil oldin tasdiqlagan.

Kimlarga ijara tölovlari qoplab beriladi?

Bu tartib davlat OTMlarida faqat kunduzgi ta’lim şaklida öqib, qonuniy ijarada yaşayotgan talabalarga taalluqli.

Har yili davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqib, ijarada turadigan talabalarning 60 foiziga ijara pulining bir qismi tölab beriladi. Xöş, bu 60 foizga kimlar kiradi?

Ijara tölovi uçun kompensatsiya quyidagi toifa talabalarga beriladi:

  • ikki va undan ortiq farzandi şartnoma asosida OTMda öqiyotgan oilalar farzandlari;
  • ota-onasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bölganlar (işsiz, daromad manbaisiz, şu jumladan, işlaş istagida bölgan yoki işlaş qobiliyatini qisman yöqotgan ota-onalarning farzandlari);
  • kam ta’minlangan oilalarning farzandlari;
  • “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning farzandlari;
  • oila a’zolari “Mehnat-migratsiya” dasturida röyxatdan ötib, xorijda vaqtinça işlayotgan oilalarning farzandlari;
  • boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalarning farzandlari (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoşga tölmagan beşta va undan ortiq bolalari bölgan oilalar);
  • I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar;
  • I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning farzandlari;
  • töliq davlat ta’minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölganlar;
  • vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar.

Yuqoridagilardan taşqari, OTMda örnak körsatgan va faol bölgan talabalarga ham ijara tölovining bir qismi qoplab beriladi. Bu toifaga quyidagilar kiradi:

  • xalqaro, respublika, hudud va ta’lim muassasasi miqyosida ötkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, körik tanlovlar ğoliblari;
  • fanlardan özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida faol qatnaşgan, jamoatçilik asosida tarğibot guruhlarida volontyorlik qilgan talabalar.

Ijara kompensatsiyasini oliş uçun talaba özi doimiy röyxatdan ötgan yaşaş joyi (tuman, şahar kesimida) doirasidan taşqarida ijarada yaşayotgan bölişi kerak. Buni ikkita misol bilan tuşuntiramiz:

  • Samarqand şahrida doimiy propiskada turadigan SamDU talabasiga ijara puli berilmaydi;
  • Samarqand şahriga Samarqand viloyatining boşqa tumanlaridan kelib öqiyotgan talabalar ijara pulini olişga da’vogar bölişi mumkin.

Ijara tölovlarining qança qismi qoplab beriladi?

Yuqoridagi toifalarga mansub talabalarga oylik ijara tölovining 50 foizi qoplab beriladi.

Qoplab beriladigan ijara tölovining maksimal miqdori quyidagiça:

  • Toşkent şahrida BHMning 1 baravari – 300 ming söm,
  • qolgan hududlarda BHMning 0,5 baravari – 150 ming söm.

Masalan, agar Toşkent şahrida öqiydigan talabaning bir oylik ijarasi örtaça 500 ming söm böladigan bölsa, şuning 50 foizi – ya’ni 250 ming sömi tölab beriladi. Ijara narxi bundan qimmat bölgan taqdirda ham, qoplab beriladigan summa 300 ming sömdan oşmaydi.

Bazaviy hisoblaş miqdori (300 ming söm) oşgan taqdirda, bu çegara ham şunga mos ravişda kötariladi.

Ijara tölovi uçun kompensatsiyani qanday oliş mumkin?

Talaba davlatdan ijara pulini oliş uçun fakultet dekanining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosariga yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlaş işlarini muvofiqlaştiruvçi bölimiga murojaat qiladi.

Ulardan uç xil toifadagi hujjatlar söraladi:

  • ariza;
  • ijara şartnomasi;
  • yuqorida keltirilgan toifalarga mansubligini körsatuvçi hujjatlar.

Ijara şartnomasi qanday tuziladi?

Hozir ijara şartnomalari onlayn tuzilyapti. Buning uçun ijara.soliq.uz sayti işga tuşirilgan. Ijara şartnomasini tuziş uçun röyxatdan ötişda ijaraga beruvçi köçmas mulk haqidagi ma’lumotlarni saytga kiritişi lozim.

Ijaraga oluvçi töğrisidagi ma’lumot qismiga talabaning pasportidagi jismoniy şaxs identifikatsiya raqami va talabaning ma’lumotlari kiritiladi. Keyin ijaraga berilayotgan köçmas mulk haqidagi ma’lumotlar töldiriladi. Ijaraga beriş muddatlari va bir oylik ijara narxi kiritiladi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yaşagan holatlarda ularning barçasi ijara şartnomasida qayd etilgan bölişlari şart. Bunda platformadagi “qöşiş” tugmaçasi orqali ularning ma’lumotlarini kiritiş zarur.

Barça ma’lumotlar töldirilgaç, tasdiqlaş tugmaçasi bosiladi. Ijaraga oluvçi şaxsiy kabineti orqali yuborilgan ma’lumotlar bilan tanişib çiqib, uni tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Bundan taşqari, “Soliq” mobil ilovasi orqali ham ijara şartnomasini tuziş mumkin. Ilovaning “Ijaraga beriş” qismiga kirib, undan keyin “Talabalar uçun ijara şartnoma” bölimi tanlanadi.

Ilovaga ijaraga beruvçi jismoniy şaxs tomonidan talabaning şaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning ma’lumotlari avtomatik şakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS bölib keladigan 5 xonali raqamni kiritiş orqali ijara şartnomasini tasdiqlaydi.

Arizalar qança muddatda körib çiqiladi?

Dekan örinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlaş işlarini muvofiqlaştiruvçi bölimi 1 hafta davomida arizalarni örganib çiqadi.

Şundan keyin ma’lumotlar umumlaştirilib, körib çiqiş va xulosa beriş uçun navbatdagi haftaning birinçi kunida talabgorlarni tanlab oliş komissiyasiga taqdim etiladi.

Komissiya bir iş kunida talabgorlar töğrisidagi ma’lumotlarni örganib çiqib, qaror qabul qiladi.

Şunga köra, OTM rektori (filial direktori)ning buyruği rasmiylaştirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar töğrisidagi tegişli ma’lumotlar va ularning röyxati tölovlarni amalga oşiriş uçun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

Buxgalteriya esa pullarni talabalarning plastik kartasiga pul ötkaziş yöli bilan, har oyning 15-sanasiga qadar tölab beradi.

Pullar har yili 1 sentabrdan 1 iyulgaça tölanadi. Bu muddat OTMdagi öqitiş dasturi böyiça öquv yilining davomiyligiga qarab özgarişi mumkin.

Ariza topşiriş muddatlari qaçongaça?

Ijara tölovi kompensatsiyasi uçun butun öquv yili davomida ariza beriş mumkin.

Arizalar har oyning 7-sanasigaça qabul qilinadi. Bu muddatga ulgurmaganlar keyingi oyni kutişiga töğri keladi.

Talaba ham, ijaraçi ham daromad soliği tölamaydi

Talaba(lar)ni ijaraga qöygan fuqarolarning bu ijara orqali olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Madina Oçilova tayyorladi.