Xususan, mulkdor bilan qarindoşlik aloqalariga ega bölmagan şaxslarni (tanişlar, uzoq qarindoşlar) uşbu turar joydan doimiy röyxatdan – “propiska”dan çiqariş uçun ular roziligini oliş talab etilmaydi. Tegişli organlar ma’lumotiga köra, 2,5 yilda fuqarolik sudlariga şaxsni turar joydan röyxatdan çiqariş böyiça 8 954 ta da’vo arizalari kiritilgan, şundan 7 311 tasi (82 foizi) qanoatlantirilgan.
Sud tomonidan turar joyni sotib olgan şaxs insofli egallovçi deb topilganda, jismoniy şaxsdan uşbu turar joyni davlat röyxatidan ötkazilgan paytdan boşlab uç yil ötgaç natura şaklida talab qilib oliş taqiqlanadi. Ya’ni, agar turar joy UZKAD tizimidagi notöğri ma’lumotlarga işonib xarid qilingan bölsa, 3 yildan keyin sotib oluvçidan (insofli egallovçi) uşbu uyni talab qilib oliş mumkin emas. Dastlabki mulkdorga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanib, keyinçalik aybdordan undiriladi.
“Snos” jamğarmalari jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qiliş böyiça respublika va hududiy maqsadli jamğarmalarga aylantirildi. 2023 yil 1 yanvardan boşlab, jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlar şu jamğarmalardan tölab beriladi:
- köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlar davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar kiritilişi natijasida unga işonib harakat qilgan şaxslarga yetkazilgan zarar;
- davlat organi, mansabdor şaxs, xususan, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sudning qonunga xilof harakatlari natijasida mulkdorga yetkazilgan, sud qarori bilan aniqlangan zarar;
- turar joy insofli egallovçidan talab qilib olinmasligi natijasida uning haqiqiy egasiga yetkazilgan zarar.











