Faqat 8 ta avtobus yönalişi harakatlanadi

Avvalroq 14-17 sentabr kunlari şahardagi Ibn Sino, Böstonsaroy, Universitet xiyoboni, G-34, Sadriddin Ayniy, Registon, Rödakiy, Şohi Zinda, Usta Umar Jöraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Uluğbek, Gulobod, Muqimiy, Dahbed köçalarida transport harakati vaqtinça çeklanişi aytilgandi. Matbuot anjumanida iştirok etgan transport vaziri matbuot kotibi Navröz Aşurmatovning aytişiça, bu köçalarda jamoat transporti harakatiga ham çeklov örnatiladi.

Samarqand şahrida faqat 9 ta yönalişdagi avtobuslar harakatni davom ettiradi. Ya’ni 4, 7, 15, 24, 37, 74, 93 va 99-avtobuslar harakatlaniş çeklangan köçalarda yönalişini özgartirgan holda harakatlanişda davom etadi. Qolgan 28 ta avtobus yönalişi harakati vaqtinça çeklanadi. 14-17 sentabr kunlari ikkita yönalişdagi tramvay harakati ham çeklanadi.

Harakatlaniş uçun yopiladigan köçalarda yönalişsiz jamoat transporti kabi yönalişsiz taksilar harakati ham çeklanadi. Ammo yopiq yöllarda tez yordam yoki boşqa favqulodda xizmat maşinalari harakatlanişi mumkin böladi.

Matbuot anjumanida Toşkent – Termiz avtomobil yölida («betonka») avtomobillar harakatlanişi tasdiqlandi. Janubiy viloyatlardan Samarqandga yoki Toşkentga kelayotgan maşinalar trassaning Toyloq va Samarqand tumani hududidagi qismiga ötadigan joydan boşqa yönalişga ötkazib yuboriladi. Çunki ŞHT sammiti ötkaziladigan sayyohlik markazi aynan Toşkent – Termiz katta trassasi böyida joylaşgan.

Anjumanda qatnaşgan IIB yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi mas’ulining aytişiça, trassaga Samarqand tumani va Toyloq tumanidan çiqadigan kiçik köçalar ham vaziyat taqozo qilgan vaqtda yopiladi, şu sabab kerakli tösiqlar köçalar böyiça tayyorlab qöyilgan. IIB mas’uli nega Kitob va Şahrisabz tomondan kelayotgan haydovçilarga Urgut – Bulunğur yöli qöşimça yöl sifatida tavsiya qilinmaganiga izoh berar ekan bu umumfoydalanuvdagi yöl emasligini ma’lum qildi.

Juma namozi öqiladimi?

Matbuot anjumanida Samarqand şahridagi masjidlar faoliyati bilan boğliq savol ham berildi. Çunki sammit ötadigan 16 sentabr juma kuniga töğri keladi. Bu kuni şahardagi masjidlarda juma namozi öqilişi yoki yöqligi borasida haligaça aniq ma’lumot berilmagandi. Musulmonlar idorasida Samarqand bölimi mas’ulining aytişiça, şahardagi masjidlarda juma namozi öqiladi, bu borada hozirça qandaydir çeklov közda tutilmagan. Ammo ŞHT sammiti ötadigan sayyohlik markazi yaqinidagi masjidlarda şaroit juma namozi öqilmasligini taqozo qilsa, jamoat yaqindagi boşqa masjidga yönaltiriladi. Bunga tayyorgarlik körilgani aytildi. Şuningdek, masjidlar bilan boğliq yana batafsil va rasmiy axborot berilişi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uçun, sayyohlik markazi yaqinida Samarqanddagi eng katta masjidlardan biri bölmiş Imomi A’zam nomidagi jome masjidi joylaşgan.

Mujmal javoblar

Matbuot anjumanida OAV vakillari ŞHT sammiti vaqtidagi çeklovlar böyiça töliq ma’lumot olib, uni öz auditoriyasiga yetkazişni maqsad qilgandi. Ammo vazirlik va idoralar vakillari köpçilik samarqandliklarni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob bera olişmadi.

Masalan, şu kunlarda Samarqandda 17 senyatbrgaça töy qiliş taqiqlangani, töyxonalarga bu kunlarda işlamaslik töğrisida aytib çiqilgani haqida miş-mişlar tarqalmoqda. Faxriy jurnalist Toşpölat Rahmatullayev bu borada aniqlik kiritilişini sörab savol berdi. Avvaliga «SES» vakili oşxonalar faoliyati töxtatilmasligi, yopilişi möljallangan köçalarda ham oşxona, restoranlar işlaşda davom etişini aytdi.

Ammo jurnalist restoranlarga allaqaçon işlamaslik aytilgani, bunday bayonotlar odamlarni çalğitişini ta’kidlagaç, Samarqand «SES» vakili çindan oşxonalar faoliyatini çeklaş kerakligi, bu borada hali aniq körsatma berilmaganini aytdi. Xullas, samarqandliklarni qiziqtirayotgan bu masala mavhumligiça qoldi.

Samarqand şahrida ŞHT sammiti vaqtida amalda böladigan çeklovlar haqida sammit boşlanişi arafasida yana ma’lumot berilişi qöşimça qilindi.

Matbuot anjumani tugagaç, Samarqand şahar hokimligi axborot xizmati ham bayonot berib, şahardagi tibbiyot muassasalari, oşxona, restoranlar faoliyati odatdagiday davom etişi, masjidlar yopilişi ham közda tutilmaganini ma’lum qildi.