Grem Potter allaqaçon top-klublar e’tiboriga tuşgan - «Tottenhem» va «MYu»da jiddiy qiziqişlar bölgandi, hatto Angliya milliy jamoasida Sautgeytga munosib voris bölişi aytilayotgandi. Lekin... 

Bu xislatlar ham «Çelsi»da muvaffaqiyat uçun yetarli bölmasligi mumkin. 

Birinçidan. «Brayton»da öz askarlarini xotirjam jamoaga aylantiriş boşqa, Londonda yulduzlar bilan til topişiş umuman boşqa. Agar piçoqqa ilinadigan sovrinlar, yorqin futbolçilik faoliyati yoki aynan öşa klub bilan boğliqlik bölmasa, bu işda heç bölmasa, yetarli vaqtga ega böliş uçun ham ulkan bilim, salohiyat va könikmalar talab qilinadi. Potter boşidan rahbariyat işonçini va futbolçilar hurmatini qozonişi uçun darhol nimadir ijobiy tomonga özgarişi kerak.  

Balkim, qaçondir, biror top-klubda, Potter uslubiga yaqin bölgan murabbiy böşasa-yu, tayyor qurilgan tizimni davom ettiriş uçun u ideal nomzod bölardi, lekin soçilib yotgan jamoani qayta bir butunga aylantiriş oson emas. Tabiiyki, Potter uçun yangiça sinov. 

Umuman Angliyada qöyi jamoalarda muvaffaqiyat qozonib, top-klublardayam öşa darajada işlab ketiş holatlari juda kam. Darhol, David Moyyes yodga keladi. 

Rojyers va Poçettinoning işlarini yaxşi baholaş mumkin, ammo masalan, Rojyersniki bir yildan uzoqqa çözilmagan, Poçettino esa yulduzli jamoaga kelmagandi. Keyn, Son kabi futbolçilar aynan Poçettino davrida yulduzga aylanişdi, şuning uçun argentinalik mutaxassisga ular bilan işlaş oson bölgan. 

Ikkinçidan. Biz «Brayton», «Sauthempton» yoki «Vulvz»dagi murabbiy işlariga doim emas, ma’lum pallalarda, jamoalar yuqori sport formasida bölganda yoki top klublarga qarşi munosib öynaganda diqqat qilamiz. Masalan, «Brayton» ötgan yili ham 8-turdan keyin 4-örinda turgandi. Keyin, ma’lum muddat 15-öringa tuşib ketgan paytlar böldi. Önglanib, 10likka qaytdi va hokazo.

Aytmoqçimanki, kiçik klublardagi jarayonlar, pasayişlar bosimdan xoli keçadi, 15-öringa mos tarkibga ega jamoani 12-öringa olib çiqdingizmi, 8-öringami, unça farq qilmaydi. Har qanday 5 öyindan, şartli 2tasini yutiş yetarli böladi.

«Çelsi»da unday emas. Öşa 5 öyinning hammasini yutiş talab qilinadi, yutuqlar emas, mağlubiyatlar tahlil qilinadi, hatto jarohatlar kabi obektiv sabablar ham inobatga olinmaydi. 

Uçinçidan. Boşqaruvda ham oson emas. Muvaffaqiyatsizlikka uçrab yurgan şartli Uelbekni sotib olasiz, öxşasa – yutuq, öxşamasa – özi Uelbek boşqa jamoalardayam öynolmayotgandi, ayb futbolçida. Bu «Brayton»da.

«Çelsi»da esa pul bor, lekin kafolat ham kerak. Siz Uelbekka qaramaysiz, sizga 60 million berib, aniq öynab ketadigan nomzodni söraşadi. Javobgar bölasiz. 

Buning ustiga «Çelsi» rahbarlari nafaqat murabbiylik, menejyerlikni ham talab qilişlari, murabbiydan qaror qabul qiliş jarayonlarida faollikni talab qilişlari oydinlaşdi. Masalan, Kunde masalasida «Barselona» bilan raqobat paytida Xavi futbolçi bilan doimiy aloqada bölgan, qönğiroq qilib, köndirgan. Tuxel esa bunday qilmagan, Kundeni sotib oliş talabini qöyiş bilangina çeklangan. Aytişlariça, Bouliga mana şu holat ham yoqmagan ekan. 

Törtinçidan. Potter mavsum örtasida kelyapti. Ya’ni transfer oynasi ham ötib ketdi, boşqa murabbiy yiğgan tarkib unga berildi. Katta ehtimol, qişda köp pul bölmaydi, hatto kelasi yozda ham. Çunki bu yil köp pul sarflab yuborildi. Qöl ostidagi futbolçilar bilan natijani yaxşilaş kerak. 

Ten Hag Mançesterga şunga öxşaş holatda kelgan, töğri, lekin muhim farqlar bor.

1) Unda APL tajribasi bölmasa-da, «Ayaks» öz ligasida barça sovrinlar uçun kuraşuvçi kuç. Ya’ni, 5 öyinda 5 ğalaba rejimi niderlandiyalik murabbiy uçun begona emas.

2) Mançester klubi rahbariyati uzoq vaqt özini Ten Hag uçun tayyorlagan, moslaştirgan, transferlar amalga oşirdi. Potter varianti «Çelsi» xöjayinlari uçun bir kunda sodir böldi.

3) Ten Hag ança pasayib ketgan klubga keldi. Tuxel esa oz işlagan bölsa-da, YeÇLni yutdi, kuboklarda finallarga çiqdi – öşa daraja bilan soliştiriladi, matbuotda, muxlislarda. 

Xullas, sinalgan top murabbiylar uçun oğirlik qiladigan vazifani Grem Potter qabul qilib oldi. Balkim, bunday imkoniyat unda boşqa bölmasligini his qilgani uçun şoşilgandir. Mana şu qat’iyati uçun ham unga omad tilasak arziydi. 

Qahramon Aslanov