Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiylik ayolni chuv tushirgan xavfli retsidivist 5 yilga qamaldi
O‘zini guruch savdogari deb tanishtirgan erkak ayolga 100 mln so‘m deya skotchlab o‘ralgan salfetkani tutqazib, uning 18,5 mln pulini olib ketgan.
Foto: AP
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tumani sudi raisi Adiz Avezovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, fuqaro R.B. navoiylik ayolga o‘zini Alisher deb tanishtirib, guruch savdosi bilan shug‘ullanishini aytgan va uyida bir kecha tunab qolishni so‘ragan. U Xorazmdan yuk mashinasida guruch olib kelinayotgani, yukni qabul qilib olishi kerakligini va xarajatlar uchun mayda kupyurali puli yo‘qligini, yonida bo‘lgan 100 mln so‘m puli esa katta kupyurali ekanligini aytgan.
Shu tariqa ayolning ishonchiga kirgan firibgar unga qora paketga skochtlab o‘ralgan 100 mln so‘mni tutqazib, saqlab turishni so‘ragan hamda 18,5 mln so‘m pulini va bozor narxi 3 mln so‘m bo‘lgan uyali telefonini olib chiqib ketgan. “Savdogar” qaytavermagach, u qoldirib ketgan paket ochib ko‘rilganida, uning ichida 100 mln so‘m pul emas, 4 ta salfetka borligi ma’lum bo‘lgan.
Sud hukmi bilan R.B. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, undan ayol foydasi yetkazilgan 21,5 mln so‘m zararni undirish belgilangan.
Mavzuga oid
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026