Bugun, 9 sentabr kuni Toşkent şahar hokimligida talabalarni turar joy bilan ta’minlaş masalasida yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yiğilişda vazir Abduqodir Toşqulov, hokim Jahongir Ortiqxöjayev, sektor rahbarlari va OTM rektorlari qatnaşdi.
Qayd etilişiça, hozirda Toşkent şahridagi oliygohlarning 92 tasida yotoqxona quvvati 35 636 örinni taşkil etadi. Bugungi kunda 27 354 nafar talabaning yotoq joy böyiça ehtiyoji qondirilgan.
2022 yilda davlat-xususiy şeriklik loyihalari, oliygoh va budjet mablağlari hisobi hamda investitsiya dasturi doirasida yana 30 956 örinli 60 ta loyiha amalga oşirilyapti.
Yiğilişda vazirlik vakillari bu kabi çoralar yetarli emasligi, boşqa imkoniyatlarni ham izlab topiş kerakligini aytib, qator takliflarni örtaga taşladi.
Öz navbatida, Jahongir Ortiqxöjayev poytaxtning Yangihayot tumanida qurilgan “Tashkent Index” savdo-işlab çiqariş majmuasi hududida böş turgan 10 ming örinli tadbirkorlar binosini bir hafta muddatda davlat xususiy şeriklik şartlari asosida talabalar uçun turar joyga aylantiriş taklifini berdi.
Yiğiliş iştirokçilari taklifni qöllab-quvvatladi.












