“Dehqon xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Fermerlar va klasterlar foydalanişidagi paxta va ğalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxşi bölgan yerlardan 2022 yil yakunigaça qöşimça 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga oçiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

Ekin maydonlari 30 yil muddatga:

  • suv ta’minoti yaxşi bölgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargaça, boşqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargaça hamda Qoraqalpoğistonda 0,30 gektardan 2 gektargaça bölgan ölçamlarda;
  • kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargaça hamda Qoraqalpoğistonda 0,50 gektardan 2 gektargaça bölgan ölçamlarda ijaraga beriladi.

2022–2023 yillarda ekin maydonlarini aholiga beriş uçun ötkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor iştirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov ötkazilgan hisoblanadi.

Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xöjaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitiş tizimlarini örnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilişiga ruxsat beriladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xöjaligini uçun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan çiqarilmaydi va ular uçun barça imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.