Prezidentning “Murojaatlarni körib çiqiş va nazorat qiliş jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda:

  • 2023 yil yanvarga qadar mahalla fuqarolar yiğini iştiroki bölgan ijtimoiy davlat xizmatlari röyxatini şakllantiradi;
  • 2024 yil yanvarga qadar talabgorligi yuqori bölgan davlat va ijtimoiy xizmatlarini bosqiçma-bosqiç viloyat markazlaridagi mahalla fuqarolar yiğinlari orqali;
  • 2025 yil yanvarga qadar tuman markazlaridagi mahalla fuqarolari yiğinlari orqali;
  • 2026 yil yanvarga qadar respublikadagi barça mahalla fuqarolar yiğinlari orqali elektron körsatilişini yölga qöyiş çoralarini köradi.

Bunda, mahalla fuqarolar yiğinlari iş faoliyatida foydalaniladigan barça hisobot turlari maksimal qisqartirilgan holda barça hujjat almaşinuvlari va hisobotlar “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimi orqali elektron amalga oşiriladi.

Barça vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari özlarida “işonç telefon”larini taşkil etadi va doimiy ravişda “işonç telefon”larini ommalaştiriş hamda malakali xizmat körsatilişini yölga qöyadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi vazirlik va idoralar söroviga asosan “Özbektelekom” call-markazi xizmatlaridan örnatilgan tartibda autsorsing asosida foydalanişiga imkoniyat yaratadi.