Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) Kollektiv xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişida Armaniston-Ozarboyjon çegarasida vaziyat keskinlaşgani sababli öz missiyasini Armanistonga yuborişga qaror qildi. Bu haqda 14 sentabr, çorşanba kuni KXŞT saytida ma’lum qilindi. 

Armanistonga KXŞT boş kotibi Stanislav Zas boşçiligidagi missiya «mavjud vaziyatni baholaş, mintaqadagi vaziyat böyiça davlat rahbarlariga batafsil hisobot tayyorlaş va yuzaga kelgan keskinlikni yumşatiş böyiça takliflar işlab çiqiş» uçun yuboriladi, deb tuşuntirdi taşkilot. Bundan taşqari, KXŞT mas’uliyati doirasidagi vaziyatni doimiy monitoring qiliş uçun işçi guruh tuziş taklifi kelişib olindi.  

13 sentabrga ötar keçasi Yerevan va Boku çegaradagi vaziyat keskinlaşgani haqida xabar berganidan söng, Armaniston Rossiya va KXŞTdan yordam söraşga qaror qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Ozarboyjon çegaradagi Vardenis, Sotk, Artaniş, Işxonasar, Goris va Kapan aholi punktlari yönalişida öq uzgan. 

Boku, öz navbatida, Yerevanni çegaraning Daşkesan, Kalbajar va Loçin yönalişlaridagi «keng kölamli diversiya»da aybladi. «Uşbu harakatlarning zudlik bilan oldini oliş böyiça bölinmalarimiz tomonidan körilgan şoşilinç çoralar natijasida jang sodir böldi», deb ta’kidlab ötdi Ozarboyjon Mudofaa vazirligi va «Armaniston qurolli kuçlarining öq otiş nuqtalarini öçiriş, harbiy mojaro kölamining kengayişiga yöl qöymaslik maqsadida «zaruriy çoralar» körilganini ta’kidladi.

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning sözlariga köra, mojarolar oqibatida kamida 49 arman harbiy xizmatçisi halok bölgan. Ozarboyjon, öz navbatida, harbiylar orasida 50 nafar kişi halok bölganini e’lon qildi. 13 sentabr kuni ertalab Ozarboyjon matbuoti tomonlar örtasida erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvi haqida xabar tarqatdi.