2022 yil 17 fevral kuni “Nogironligi bölgan şaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora- tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilingandi.
Mazkur farmonning 4-bandiga muvofiq 2022 yil oktabr oyidan boşlab 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib çiqaradigan kasallikka çalingan bolalarga tölanadigan nafaqalarni hamda parvarişlaş nafaqasini fuqarolardan heç qanday murojaat talab etilmasdan “proaktiv” şaklda tayinlaş tizimi joriy etilmoqda.
Qayd etilişiça, yuqoridagi tartib joriy qilinişi bilan bir yilda örtaça 70 mingdan ziyod fuqarolarning nafaqa tayinlaş uçun murojaat qiliş amaliyoti bekor qilinadi va uşbu ijtimoiy tölovlar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomat ravişda tayinlanişiga erişiladi.












