Yoşi ötib borayotgan insonlarning xayolidan «Xöş, davlat menga qança pensiya tölarkan?» degan xayol ötişi tabiiy. Pensiya hisob-kitobi haqida gap ketganda, köpinça murakkab foizlar, turli xil atamalar va hisoblaş formulalari kişini çalğitib qöyadi. Quyida yoşga doir va nogironlik pensiyalarining tayinlaniş tartibi hamda mablağ qanday hisoblab çiqilişini murakkab qoidalarsiz, oddiy tilda hamda hayotiy misollar yordamida tuşuntiramiz.

Yoşga doir pensiya qanday hisoblanadi?

Yoşga doir pensiya erkaklar 60 yoşga tölganda va iş staji kamida 25 yil bölgan taqdirda, ayollar 55 yoşga tölganda va iş staji kamida 20 yil bölgan taqdirda tayinlanadi. Şuningdek, kamida 7 yil iş staji mavjud bölsa, bor stajga mutanosib miqdorda töliqsiz yoşga doir pensiya beriladi. Agar 7 yillik staj ham bölmasa, fuqaroga yoşga doir nafaqa ajratiladi (erkaklarga 65 yoşda, ayollarga 60 yoşda).

Özbekistonda pensiya miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi: P = PTM+OS+PU.

Bunda PTM - pensiyaning tayanç miqdori (örtaça oylik iş haqining 55 foizi), OS – ortiqça iş staji uçun pensiyaning oşirilişi, PU - qöşimça ustama haqlari.

Eslatma: örtaça oylik iş haqini aniqlaşda fuqaroning sönggi 10 yillik mehnat faoliyatidagi eng yaxşi ketma-ket 5 yillik iş haqi inobatga olinadi. Bunda pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining (2025 yil 1 iyuldan boşlab – 471 ming söm) 12 karrasidan (5 mln 652 ming sömdan) yuqori iş haqi inobatga olinmaydi. Avvalgi yillardagi iş haqi oyliklarning oşiş koeffitsiyentini inobatga olgan holda indeksatsiyalanadi, ya’ni bugungi kundagi qiymati hisoblanadi.

Masalan, şartli Dilmurod Davlatov 32 yildan beri Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi maktabda öqituvçilik qiladi. U 1 may kuni pensiya yoşiga töladi. Ötgan davrdagi eng yaxşi qatorasiga 5 yillik örtaça oylik iş haqi