“Unda Superliganing 18-turi doirasidagi “Söğdiyona” — “Navbahor” uçraşuvi yakunlangandan söng “Navbahor” futbol klubining boş murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili iştirokida vujudga kelgan vaziyat örganib çiqildi.
2022 yilning 10 sentabr kuni Özbekiston Professional futbol ligasiga Superliganing 18-turi doirasidagi “Söğdiyona” — “Navbahor” uçraşuvi komissaridan kelib tuşgan bildirgiga asosan, “Navbahor” futbol klubining boş murabbiyi Samvel Babayan uçraşuv yakunlangandan söng matbuot anjumani zaliga kiriş çoğida mahalliy muxlis bilan tortişgani, mazkur holatni özining telefoni orqali videotasvirga tuşirib turgan Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayevni körib qolgani, Samvel Babayan öz yordamçilariga uşbu telefonga yozilgan videomaterialni öçirişini buyurgani, yordamçilari esa jurnalistga tazyiq ötkazib, telefondagi yozuvlarni öçirtirişga majbur qilgani aniqlandi.
Mazkur vaziyat Tartib-intizom qömitasining yiğilişida “Navbahor” futbol klubi boş murabbiyi Samvel Babayan, Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayev, uşbu sayt jurnalisti Faxriddin Röziyev iştirokida körib çiqildi. Yiğilişda taraflarning körsatmalari, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan deb topildi.
Tartib-intizom qömitasining qaroriga köra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom çorasi qöllanildi.
Barça murabbiy, futbolçi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, oğir-vazmin va professional bölişga çaqiramiz. Şu örinda sizlar ösib kelayotgan yoşlar uçun örnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib ötamiz!”, - deyiladi ÖFA xabarida.
Eslatib ötamiz, Jizzaxdagi öyindan keyin Samvel Babayan buyruği bilan jurnalistga tazyiq ötkazilgani uçun “Navbahor” boş murabbiyining litsenziyasi PFL tomonidan vaqtinçalik qaytarib olingani, klub rasmiylariga esa çora körilgani haqida ma’lumot bergandi. ÖFA qaroridan keyin murabbiyning litsenziyasi yana qaytarilişi kutilmoqda.












