Samarqand tumanidagi sayyohlik markazida Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo va mehmon davlat rahbarlari iştirokida sammit davom etmoqda.
15 sentabr kuni barça taklif qilingan mehmonlar Samarqandga yetib kelişdi va uçraşuvlar boşlanib ketdi. Tiğiz ötgan birinçi kun oxirida mehmonlar uçun norasmiy qabul taşkil qilindi. Şavkat Mirziyoyev mehmonlarni Samarqand sayyohlik markazidagi «Boqiy şahar» majmuasi bilan taniştirdi.



Özbek milliy an’analari asosida taşkil qilingan sayohat davomida mehmonlar milliy mahsulotlardan bahramand bölişga ham ulgurişdi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga surxonça döppi sovğa qilindi. Darvoqe, oldinroq Lukaşenko Aliyevdan alohida muloqot ötkazişni sörab «gap borligini» aytgandi.



Yöl-yölakay majmua içida taşkil qilingan maxsus oşxonada tandirdan issiq somsa uzildi va mehmonlarga taklif qilindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqand somsasidan tatib kördi. Ba’zi naşrlarning yozilişiça, keçki ovqatga özbekça palov ham tortilgan. Yölaklarda sara özbek mevalari terib qöyildi.
Norasmiy qabul yakunida esa mehmonlar şarafiga muşakbozlik uyuştirildi. Davlat rahbarlari «Boqiy şahar» fonida umumiy suratga tuşişdi. Umumiy suratda Xitoy, Eron va Hindiston yetakçilari köriniş bermadi. Aftidan, Si Jinping Xitoyda amalda bölgan qattiq karantin talablari, şuningdek, çarçoq sabab tungi qabulda iştirok etmagan.



Hindiston yetakçisi Narindra Modi Samarqandga keçasi yetib keldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy esa Samarqandga kelganidan foydalanib Samarqand şahridagi Panjob şialar masjidiga borib, nutq sözladi.

ŞHT Samarqand sammitining asosiy tadbirlari 16 sentabr kuni ötkaziladi va şu kuni Samarqand deklaratsiyasi imzolanadi.













