Samarqandda Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun oliy darajadagi Eron delegatsiyasi taşrifi doirasida mamlakatda bölgan Eron neft vaziri Javad Avjiy muzokaralari bölib ötdi.

Uçraşuvda tajriba almaşiş va kadrlar salohiyatini yuksaltiriş, neft-gaz va neft-kimyo tarmoqlari ehtiyojlari uçun qöşma korxonalarda uskunalar işlab çiqariş va yetkazib berişni taşkil etiş kabi yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyiş muhokama qilindi.

Tomonlar Özbekistondagi neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiya qiliş, neft-kimyo sanoati ehtiyojlari uçun xalqaro standartlarga javob beradigan katalizatorlar işlab çiqariş va maqbul narxlarda burğilaş qurilmalarini yetkazib berişni taşkil etiş böyiça loyihalarni birgalikda amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Eron tomoni loyihalarni hayotga tatbiq etişda töğridan töğri investitsiyalarni jalb qiliş çoralarini körişga tayyorligini bildirdi.

Neft va gaz sanoati xodimlari tajribasi va malakasini oşirişni nazarda tutgan holda ilmiy sohada hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollari muhokama qilindi. Eron yetakçi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan GTL texnologiyasidan foydalangan holda gaz kondensati va suyultirilgan gaz işlab çiqariş kabi yönalişlarda faoliyat yurituvçi korxonalar xodimlarini tayyorlaş dasturini birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar şeriklik munosabatlarini davom ettiriş hamda muhokama qilingan loyiha va taşabbuslarni amalga oşiriş uçun "Yöl xaritasi"ni birgalikda işlab çiqişga kelişib oldi.