Özbekiston diplomatlari Frankfurt-Mayn şahar kengaşi, oqsoqollar kengaşi va saylovga tayyorgarlik köriş hamda nazorat qiliş komissiyasi prezidenti Xilime Arslaner bilan uçraşuvdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tomonlar mamlakatlar örtasidagi munosabatlar yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini qayd etgan holda ularni yanada çuqurlaştiriş, keyingi yillarda sezilarli faollaşgan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi.

Uçraşuv çoğida Özbekiston fuqarolari Germaniya davlat va jamoat tuzilmalariga integratsiyalaşuvi, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş doirasidagi hamkorlik va ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi özaro aloqalarni kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.