2021 yilda Lionel Messi erkin agent maqomida «Barselona»ni tark etdi. Klub rahbariyati La Liga tomonidan örnatilgan moliyaviy çeklovlar tufayli u bilan yangi şartnoma imzolaş imkonsiz ekani haqida bayonot berdi. Keyinçalik, argentinalik futbolçi «Barselona»da qoliş uçun maoşining 50 foizga qisqartirilişiga ham tayyor bölganini aytdi.

Yaqinda El Mundo naşri Messining «Barselona»dan ketişi bilan boğliq bir neça ma’lumotlarni oşkor qildi.

• Leo 2023 yilgaça möljallangan şartnoma va uni imzolaşi uçun 10 million yevro bonus olişni xohlagan. Bonus uning akasi Rodrigo Messiga tölanişi kerak edi. Şuningdek, Leo özining klubdagi içki muammolarini hal qiliş uçun mas’ul bölgan xodim Pepe Kosta bilan şartnomaning uzaytirilişini talab qilgan.

• Messi pandemiya sababli keçiktirilgan maoşini 3 foiz ustama bilan qaytarilişini istagan. Diario Sport xabariga köra, 2020 yilgi qarz taxminan 52 million yevroga teng.

• Leo şartnomadagi tovon puli 10 ming yevro qilib belgilanişini xohlagan. Bu unga istalgan paytda klubni tark etiş imkonini bergan bölardi. Şu bilan birga, agar hukumat soliqlarni oşirsa, futbolçi özining «toza» maoşini saqlab qolinişini talab qilgan – klub soliqlarni tölaşni öz zimmasiga olişi kerak edi.

• Yana bir neçta mayda narsalar: Leo özining va Luis Suaresning oilasi uçun «Kamp Nou»da şaxsiy loja ajratilişini, şuningdek, yangi yil arafasida şaxsiy samolyot bilan ta’minlanişini söragan.

El Mundo naşriga köra, klubning avvalgi prezidenti Xosep Bartomeu futbolçining barça talablariga rozi bölgan, faqat tovon pulini 700 milliondan 10 mingga tuşirilişini istamagan. Şuningdek, 10 million yevro miqdoridagi bonusni keyingi yillarga qoldirişni söragan. Leo rad etgan va şu bilan muzokaralar töxtab qolgan.

Joan Laporta prezident bölgaç, muzokaralar davom ettirilgan va tomonlar boşqa şartlar bilan kelişuvga erişgan. Ammo şartnoma La Liga tomonidan qabul qilinmagan.

«Barsa» bunga munosabat bildirdi

Muhim jihat: El Mundo Ispaniyadagi eng işonçli manba emas, lekin Messi haqidagi ma’lumotlarini hujjatlar bilan mustahkamlamoqda. Masalan, gazeta futbolçining Kataloniya klubidagi faoliyatida qanday bonuslarni olgani haqidagi ma’lumotlarni ham tarqatdi.

Masalan, 2003/04 mavsumi uçun 45 977 yevro miqdoridagi qat’iy belgilangan bonus + har bir öyin uçun 1 503 yevro.

Qolgan yillar uçun:

– 2004/05: 64 368 + 1 653

– 2005/06: 82 759 + 1 803

– 2006/07: 96 553 + 2 104

– 2007/08: 275 865 + 6 010

– 2008/09: 303 451 + 6 611

– 2009/10: 354 026 + 7 212

– 2010/11: 404 601 + 7 813

– 2011/12: 432 188 + 8 414

El Mundo avvallari ham Leoni bezovta qilgan edi. Masalan, 2021 yil yanvarda «Barsa» bilan şartnomasi nusxasini e’lon qildi. Unda argentinalik futbolçining tört yillik şartnoma böyiça oladigan daromadi 555 million yevro ekani körsatilgan. Futbolçining advokati naşrni sudga berişini aytgan edi.

«Barselona» El Mundo tomonidan e’lon qilingan yangi ma’lumotlarga munosabat bildirdi va rasmiy bayonot berdi.

«El Mundo naşri Barçagate doirasida olib borilayotgan tergovga taalluqli hujjatlar va elektron xatlardan foydalaniş imkoniyati borligini ta’kidlamoqda. Vaholanki, bu masala böyiça hujjatlar hali tomonlarga taqdim qilinmagan.

Bu ma’lumotlarning tergov işiga heç qanday aloqasi yöq va ulardan foydalaniş klub obrösi va konfidensialligiga putur yetkazadi. Öz huquqlarimizni himoya qiliş maqsadida yuridik bölim tomonidan tegişli çoralar köriş masalasi örganilmoqda», deyiladi bayonotda.

«Messining «Barselona»da bepul öynaşini kutgan edim»

Leo maoşining ikki baravar kamaytirilişiga rozi bölganini aytgan edi: «Maoşimning 50 foizga qisqartirilişiga rozi böldim, ular mendan boşqa heç narsa söramadi. Şundan söng maoşimning yana 30 foizidan voz keçişimni söraşgani haqidagi gap-sözlar yolğon. Bunday bölmagan. Biz qölimizdan kelganini qildik, lekin qololmadim. Muxlislarga doim töğri gapirganman. Atrofda juda köp miş-mişlar tarqaldi, köpinça ular yolğondan iborat edi».

Şunday bölsa-da, «Barselona» Messini olib qololmas edi. La Liganing moliyaviy feyr-pley bilan boğliq qattiq talablari bor. Unga köra, klublar moliyaviy aylanmasining 70 foizidan ortiğini maoşlarga sarflay olmaydi. Aks holda, yangi futbolçilar röyxatdan ötkazilmaydi.

2020 yilda Messining şartnomasi muddati tugadi, şuning uçun u qayta röyxatdan ötkazilişi lozim edi. Bu esa klubning moliyaviy ahvoliga töğri kelmas edi. Tomonlar umidsiz vaziyatga tuşib qolişdi va xayrlaşişdi.

Ammo variant bor edi - «Barsa» zudlik bilan katta şartnomalardan xalos bölişi kerak edi. Ammo klub yulduzlardan ajralişni istamadi. Bundan taşqari ular Aguero, Depay va Erik Garsiya bilan şartnoma imzolaşgan edi.

2021 yil oktabr oyida Laporta bu voqealarga izoh berib, şunday dedi:

«Leoni juda yaxşi köraman, şu sababli undan xafa bölolmayman. Vaqt ötişi bilan heç narsa amalga oşmasligini tuşuna boşladim va ikkala tomonning ham hafsalasi pir böldi. Unda qoliş istagi bor edi, lekin «PSJ» klubidan tuşgan taklif tufayli unga bosim ham bor edi. Agar u «Barsa»da qolmasa «PSJ»ga ketişini bilar edi. U klub tarixidagi eng yaxşi futbolçi sifatida yodda qoladi. Bölib ötgan voqealardan xulosa qiliş mumkinki, u «Barsa»ni tark etişdan oldin «PSJ»dan taklif olgan. Va bu taklif juda foydali ekanini biz ham bilardik.

Qarorga kelganda, men hamma narsani «Barselona» manfaati uçun qilyapman deb öyladim. Men vaziyat özgarişini, Messi «Barsa»da bepul öynaşini taklif qilişini kutdim, bunga umid qildim. Lekin uning darajasidagi öyinçi bunga rozi bölmasdi. Munosabatlarimiz yaxşi. Agar moliyaviy ahvolimizni yaxşilasak, uning talablarini qondirişimiz mumkinligini bilardim», dedi Laporta.

Laporta va Xavi Leoni qaytarişni orzu qilmoqda

Bu haqda ilk marotaba jurnalist Jyerar Romero kapirdi. Avvalroq u birinçi bölib «Barselona»ning Jyul Kunde bilan şartnoma imzolaşini aytgan edi.

Ispaniya matbuoti argentinalik futbolçini bir neça oydan beri «Barselona»ga «qaytarmoqda», Xavi bilan yana birga işlaş imkoniyati haqida yozmoqda. Murabbiy hozirça bunga işonmayapti, lekin orzu qilyapti: «Prezidentga allaqaçon aytganman: Umid qilamanki, uning «Barsa»dagi tarixi hali tugamadi».

Insayder Fabritsio Romano sözlariga köra, yaqin oylarda «Barselona» Messining atrofidagilar bilan aloqa örnatadi va kerakli qönğiroqlarni amalga oşiradi. Ammo argentinalik futbolçi kelajagi haqida faqat 2022 yilgi jahon çempionatidan keyingina qaror qabul qilmoqçi, u çalğişni istamayapti. Leoning «PSJ» bilan imzolagan şartnomasi 2023 yil yoziga qadar amal qiladi – nazariy jihatdan Leo hatto erkin agent sifatida qaytişi mumkin.

Ammo hozirça bu şunçaki orzu. «Messi oilasi bilan yaxşi munosabatdaman. Lekin u «PSJ» futbolçisi va uni boşqa muhokama qilişni istamayman. Faqat undan ma’naviy qarzimiz borligi haqida gapirişim mumkin», dedi Laporta.