Işonçimiz komilki, körsatuv qahramonlarining taqdirlari bilan tanişiş ota-onasi hayot bölgan, qolaversa farzand ham tarbiyalayotgan barça vatandoşlarimiz uçun foydali böladi.

Agar mavzu sizga taalluqli emasdek tuyulgan bölsa, siz ota-onangizga hamma şaroitni muhayyo qilib qöyganman deb hisoblasangiz, unda siz uçun xursandmiz. Faqat bir narsani aytişni istardik: inson keksayganida mehrga muhtojligi ortadi, mehr körsatiş esa çiroyli uy qurib beriş, eng yaxşi yeguliklar va kiyimlarni olib berişdan iborat emas. Eng asosiysi, ota-onalarimizga köproq vaqt ajratişga, ular bilan samimiy va dildan suhbatlaşişga intilaylik.