“Made in China” — eng sifatsiz mahsulotlardan dunyo sanoati gigantligigaça bölgan yöl. Şarqiy Turkiston uyğurlari va Özbekistonning xitoy musulmonlari hayoti. Şanxaydagi “nikoh bozori” yoki ota-onagaça ijara xizmatlari. SUBYEKTIV bizdan atigi 126 km uzoqlikda boşlanuvçi Çin mamlakati haqida hikoya qiladi. Bu Xitoyning Avatar toğlariga sayohat yoki Buyuk devor tarixi haqidagi körsatuv emas. Bu safar bizga eng yaqindagi eng rivojlangan davlatni sub’yektivça kaşf qilamiz.

Xitoyni maqtaş ham, qoralaş ham notöğri. Çunki u bir vaqtning özida ham möjiza, ham ogohlantiriş. Undan örganadigan jihatlarimiz, şu bilan birga çiqaradigan saboqlarimiz köp. Biz dalillarni sanaymiz – xulosa esa özingizdan!

 “Arzon sex”dan “dunyo fabrikasi”gaça

Esingizdami, bolaligimizdagi xitoyça mahsulotlar eng kulgili, eng arzon va eng sifatsiz bölardi. Çunki 80-90-yillarda Xitoy rostdan ham “arzon sex” mamlakati edi-da. U paytlar global dunyo bozorini AQŞ, Yaponiya va Yevropa boşqarardi. Katta brendlar, banklar, texnologiyalar — hammasi Ğarb qölida edi. Xitoyda esa arzon işçi kuçi, intizomli va katta sonli aholi bor edi xolos. Şunday paytda dunyo kompaniyalari mahsulotlarini suv tekinga işlab çiqariş uçun bu davlatga kira boşladi.

Xitoy ham özining arzon-garov rolida töxtab qolmadi. U taşqaridan zavodlarni öz hududiga çaqirdi, keyin ulardan texnologiyani, logistikani, eksportni örgandi. Portni temiryölga, temiryölni bozorga, bozorni butun dunyoga ulaşga kirişdi va dunyo tajribasini boplab özlaştirdi. Hammasi nazorat ostida edi. Davlat yönaliş berdi, biznes tezlik berdi, millionlab işçilar esa bu tizimni harakatga keltirdi.

Xullas, ajdarho uyğondi! 80-yillardagi “arzon sex” qisqa ön yilliklarda “dunyo fabrikasi”ga aylandi. Qaşşoqlari eng köp mamlakat juda tezlik bilan 800 mln aholini kambağallikdan çiqarib, hattoki dunyoning eng köp milliarderlari yaşaydigan davlat darajasigaça yetib keldi. Bu bilan ham töxtab qoliş yöq. Rejaga köra, Xitoy 2049 yilgaça dunyoning birinçi davlati bölmoqçi.

Bugun Çin mamlakati Yer yuzidagi elektr energiyaning uçdan bir qismini, har önta elektromobildan yettitasini, beşta konditsionerdan törttasini, ön öyinçoqdan yettitasini işlab çiqaradi. Quyoş paneli tayyorlaş zanjirining har 5 bosqiçidan 4 tasi, kiyim-keçak eksportida har uç dollardan bir dollari, noutbuklar, smartfonlar, maişiy texnikalarning 80 foizi Xitoy uluşiga töğri keladi. Butun dunyodagi pölat, alyuminiy, sementning yarmini işlab çiqaradigan bu davlat global quriliş va texnikalar narxiga qançalik ta’sir qila olişini tasavvur qilavering. Bunday yirik raqamlarni yana yuzlab sanaş mumkin. Qiziqarli bölişi uçun sörayman: şu ötirgan holatingizda Xitoyga aloqador neçta mahsulot yoningizda turibdi? Izohda yozib ketsangiz, mavzuni töldirgan bölasiz. Oldindan rahmat!