Varanasi. Bu şaharda jasadlar olovi öçmaganiga neça ming yillar bölgan. Ganga daryosida öliklar yuviladi, ularning hoki oqiziladi, çömilişadi va uning suvlaridan içişadi. Ötinçilardan tortib bir çimdim sindur suruvçilargaça — hammaning tirikçiligi ölikçilik bilan boğliq. Odamlar Varanasiga öliş uçun kelişadi. Ular ölim mehmonxonalariga joylaşib, umrlarining oxirini kutişadi. Xöş, nega şunday? SUBYEKTIV dunyodagi eng noodatiy şahar haqida hikoya qiladi!

 

Varanasi haqida antiqa ma’lumotlar şunçalik köpki, ssenariy yozişda ularni qanday joylaştirib çiqişda rosa ikkilandim.

Varanasiga tunda yetib keldik. Bizni hali oldinda nimalar kutayotgani yetti uxlab tuşimizga ham kirgani yöq. Köz oldimizda hozirça tor köçalar, mayit yoqiş uçun tinmay taşilayotgan ötin va ötinçilar, har qadamdagi devorlarda çizib taşlangan hinduizm timsollari, bemalol yurgan sigirlar, Ganga daryosiga olib tuşadigan zinalar bor edi.

Öliklar krematsiya qilinib, hoki daryoga oqiziladigan bu joyning nomi – Manikarnika Ghat. Hindistonning turli burçaklaridan bu yerga kuniga 300 tagaça mayitlar olib kelib yoqiladi. Jasadlarni avval Ganga suviga botirib olişadi.

Hinduizm e’tiqodiga köra, şu bilan poklaş jarayoni boşlanadi. Ba’zan jasadlar töliq yonmay qoladi. Ularni şu holiça Gangaga taşlab yuborişadi. Afsonaga köra, bu hududda olov abadiy hisoblanadi va u Şiva davridan beri öçmagan.

Bu marosimlar oçiqça. Istalgan odam uni tomoşa qilişi mumkin. Faqat tasvirga olişda çeklovlar bor. Har qadamda odamlar orasidan çiqib keladigan norasmiy guruhlar a’zolari sizdan pul talab qilişadi. Ya’ni, bu taqiqlar diniy çeklov emas. Tölab qöyib, istalgan narsangizni suratga olavering.

Hind falsafasiga köra, inson qayta-qayta dunyoga keladi. Yana yaşaydi. Yana azob çekadi.

Va bu aylaniş mokşaga erişmagunça davom etaveradi. Mokşa — mana şu zanjirning uzilişi va boşqa dunyoga ketişning boşlanişi, deb işoniladi.