Hindiston dunyoning 5-yirik iqtisodiyoti, Mumbay esa Hindiston millionerlari yaşaydigan eng boy şahar. Ammo bu haşamat ortida butunlay teskari hayot ham yaşaydi. Bu – Dharavi xarobalari. Bu yerga kelgan odam avvaliga faqat qaşşoqlik va antisanitariyani köradi. Biroq içkariroq kirganingiz sari bu kulbalar sizga umuman kutilmagan eşiklarini oçadi. Dharavi faqat kambağallik haqidagi hikoya emas. Bu — tirik qoliş, mehnat, orzu va tizimsiz bölsa-da, kuçli iqtisod haqidagi real kino. SUBYEKTIV bilan bu mavze haqidagi tasavvurlaringiz umuman boşqaça taassurotga aylanadi.
Dharavi sizni dahaga kiraverişdan hayratga soladi. Suv böyida ari inidek qurilgan bu hojatxonalarning tagi oçiq. Bioçiqindilar suvi oqmay qolgan daryoga töğridan töğri tuşadi.

Bir odam hozirgina hojatxonaga kirib ketdi. Pastda esa bu yigit suv yuzasidan yelim idişlar yiğib yuribdi. “Tirikçilikning aybi yöq” degan ibora dharaviliklar amal qiladigan eng katta şior bölsa kerak.

Mumbay dunyoning eng havosi zararlangan şaharlaridan. Atrof-muhit ifloslanişi şu darajada oddiy holga aylanganki, çiqindilar kundalik hayot tarzining bir bölagidek gap. Hatto mahalliy uy hayvonlari ham organik narsalarga qöşib, kimyoviy çiqindilarni bilib-bilmay yeb yurişibdi.

Bu yerda har eşikni oçsangiz, xonaga emas, odamlar orasiga kirasiz. Bugun yakşanba bölgani uçun deyarli hamma uyda. Xonadonlar orasidagi yölaklarga quyoş nuri tuşmaydi. Kunduz kuni ham qop-qoronği... Uylar yuqoriga qarab ösgani uçun har qadamda yuzlab tik zinapoyalarni körasiz.


Hammayoq rang-barang, odamlarning qiyofasi esa kamerabopligidan bu hudud göyo sun’iy qurilgan kino pavilonga öxşaydi. Aytgança, Dharavini “Xarobadan çiqqan millioner” filmi dunyoga maşhur qilgan. “Oskar” mukofotining bir neçta yönalişlarini qölga kiritgan kino şu dahada suratga olingan. Bundan taşqari bu yerda yigirmaga yaqin hind filmlari işlangan.

















