Alişer Usmonovning vakillari Germaniyada rossiyalik milliarderga tegişli villalarda tintuv ötkazilgani töğrisidagi xabarlarga izoh berişdi.
Ularning ta’kidlaşiça, Germaniyada Usmonovga tegişli köçmas mulklar yöq, Bavariyadagi Tegernze kölidagi villa esa oilaviy trastlarga tegişli va "bozor bahosi böyiça" ijaraga olingan.
Şuningdek, qayd etilişiça, rossiyalik milliarder "heç qaçon Germaniyaning soliq tölovçi rezidenti bölmagan", şu bois unga nisbatan soliq tölaşdan böyin tovlaşi töğrisida heç qanday savol bölişi mumkin emas.
Alişer Usmonovning matbuot xizmati barça ayblovlarni "asossiz va tuhmat", bu haqda OAVda e’lon qilingan xabarlarni "Rossiyada aktivlari bölgani uçun uni siyosiy ta’qib qiliş" deb atagan.
27 sentabr kuni Frankfurt-Mayn prokuraturasi Germaniya politsiyasi mamlakat şimolida motorli yaxtada tintuv ötkazganini ma’lum qildi.
Prokuratura bayonotida yaxtaning nomi ham, uning egasi ham aytilmagan, faqat gap 69 yoşli rossiyalik biznesmen haqida borayotgani bildirilgan. WDR va NDR mediakompaniyalari hamda Süddeutsche Zeitung gazetasining qayd etişiça, gap Usmonovga tegişli Dilbar yaxtasi haqida bormoqda.
21 sentabr kuni Germaniyadagi Usmonovga aloqador deb hisoblangan 24ta obektda tintuv ötkazilgandi.
Federal jinoyat politsiyasi idorasi rahbari Holger Myunx tintuv sanksiyalar rejimini buziş gumonlari bilan boğliq holda olib borilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Usmonovning mol-mulki Yevropa sanksiyalariga köra taqiqlangan daromad oliş uçun işlatilgan.
Şuningdek, rossiyalik milliarder soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ham gumonlanmoqda.












