Yevropa ittifoqining yetakçi siyosatçilari «Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarida gaz sizib çiqişini diversiya natijasi deb hisoblayapti. «Mavjud barça dalillar bu qasddan qilingan harakatlar natijasi ekanini körsatmoqda. Biz tergovni har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz, uşbu hodisalar holatlari va sabablari har tomonlama oydinlaştiriladi», - dedi Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 28 sentabr, çorşanba kuni Yevropa ittifoqiga a’zo 27 davlat nomidan.
Borrelning sözlariga köra, Yevropa ittifoqi suriştiruv natijalariga köra «kuçli va muvofiqlaştirilgan javob» beradi va «energetika xavfsizligi barqarorligini mustahkamlaş böyiça keyingi qadamlarni qöyadi». Şu bilan birga, Yevropa boş diplomati gaz quvurlariga zarar yetkazişda kim aybdor bölişi mumkinligi haqida öz taxminini aytmadi.
Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel «Şimoliy oqim»dagi gaz sizib çiqişini Yevropa ittifoqiga energiya ta’minotini yanada beqarorlaştirişga qaratilgan sabotaj natijasi deb atadi. «Biz şoşilinç va puxta suriştiruv ötkazişimiz kerak. Aybdorlar töliq javobgarlikka tortiladi va sodir bölgan voqea uçun tovon tölaydi. Rossiya gazidan voz keçişimizga imkon beruvçi energiya ta’minotini diversifikatsiya qilişga urinişlar davom etadi», deb yozdi u Twitter’dagi mikroblogida.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen kuni keça Daniya boş vaziri Mette Frederiksen bilan «sabotaj akti»ni muhokama qilgan va u unga sizib çiqiş tasodif emas, qasddan qilingan harakat natijasi ekanligini aytgan. Öz navbatida, Şvetsiya boş vaziri Magdalena Anderson «portlaşlar» haqida xabar berdi.
26 sentabrga ötar keçasi «Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» quvurlarida yirik sizib çiqiş röy bergani ma’lum böldi. Rossiya magistrallarni tiklaş uçun qança vaqt ketişi hozirça ma’lum emasligini ta’kidladi va sodir bölgan voqeadan çuqur taşviş bildirdi.
Ayni paytda, Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy «Şimoliy oqim»dagi sabotaj akti»ni Ukraina atrofidagi mojaro avj olişidagi navbatdagi bosqiç deb atadi.












