«Ukrainska pravda» naşriga bergan intervyusida u ikkinçi tizim Ukrainaga joriy yilning oxirigaça, yana ikkitasi esa keyingi yilning boşida kelişini aytdi.
Feldxuzenning sözlariga köra, Berlin va’da qilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari hozirda işlab çiqarilmoqda. Elçi yetkazib berişdagi keçikişlar siyosiy qarorlar bilan emas, balki IRIS-T işlab çiqarişning öziga xos xususiyatlari bilan boğliqligini ta’kidladi.
Sönggi bir neça kun içida Ukraina mamlakat şimoli-şarqida hujum amaliyotlarini kuçaytirdi.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Ukraina bölinmalari Oskol va Severskiy Donew daryolaridan şarqda kamida ikki yönalişda asta-sekin olğa siljimoqda. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining kundalik brifingida aytilişiça, Rossiya hozir avvalgidan ham kuçliroq mudofaa çiziğini qurmoqda, buning sababi Ukraina hujumi Rossiyaga qöşiliş böyiça «referendum» yakunlangan Luhansk viloyatining bir qismiga tahdid solişi mumkin.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainaga ğalaba qozoniş uçun faqat tanklar emas, köproq narsa kerakligini aytgandi.
Uning sözlariga köra, zirhli texnika Ukraina harbiylari uçun omon qoliş masalasiga aylangan va agar Germaniya ukrainaliklar hayotini saqlab qolişga yordam bermoqçi bölsa, nemis siyosatçilari köproq texnika yetkazib beriş bilan şuğullanişi kerak.
Ukraina prezidenti Germaniyada işlab çiqarilgan Matador tankka qarşi granatomyotlarini, Kiyev Germaniya kansleri Olaf Şols «juda sörayotgan» zirhli maşinalarni, şuningdek, Germaniya tomonidan mamlakatga taklif qilingan IRIS-T havo mudofaasi tizimidan köra köproq «zarar yetkazuvçi qurollarni» nazarda tutayotganini tuşuntirdi.













