Şvetsiya qirğoq qöriqlaş xizmati şikastlangan «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» quvurlaridan navbatdagi gaz sizib çiqişini aniqladi, deb xabar bermoqda Şvetsiyaning Svenska Dagbladet gazetasi 29 sentabr, payşanba kuni. Sohil qöriqlaş xizmati vakili gazetaga bergan intervyusida: «Törtta sizib çiqiş joyidan ikkitasi Şvetsiyaning maxsus iqtisodiy zonasida joylaşgan», dedi. Yana ikkita sizib çiqiş Daniyaning maxsus iqtisodiy zonasida qayd etildi.

Şvetsiya dengiz ma’muriyati ma’lumotlariga köra, «Şimoliy oqim-2» gaz quvurida yangi sizib çiqiş aniqlangan. Sizib çiqiş joyidan sirtga çiqayotgan gaz pufakçalari maydonining diametri 200 metrni taşkil qiladi. «Bu sizib çiqiş boşidan ma’lum emas edi. Gaz pufakçalari buluti radarda körinmayotgandi, çunki u boşqalariga qaraganda kiçikroq. Sohil qöriqlaş xizmati kema va samolyotda hududni örganayotganda buni körgan», - dedi Şvetsiya dengiz ma’muriyati vakili.

Öz navbatida, «Şimoliy oqim»dan gaz sizib çiqiş hududlarida avvalroq ikkita portlaş sodir bölgani haqida xabar bergan şved seysmologi Byorn Lund Aftonbladet gazetasiga uçta portlaş bölgan bölişi mumkinligini aytdi. Bu ikkinçi portlaşdan keyin seysmik tölqinlarning holati bilan körsatilgan. Uçinçi portlaş undan 10 soniya ötib sodir bölgan bölişi mumkin edi, deydi Lund. 

«Şimoliy oqim»ning ikkita tarmoği va «Şimoliy oqim-2» bitta tarmoğida gaz sizib çiqişi 26 sentabr kuni ma’lum böldi. Yevropa ittifoqi rasmiylari quvurlar ataylab şikastlangan deb hisoblayapti. Hodisalar Germaniya, Daniya va Şvetsiyada tekşirilmoqda. Nemis razvedka idoralari bu ğavvos yoki suvosti kemasi yordamida sabotaj bölganini taxmin qilmoqda. Ularning fikriga köra, gaz quvurlari tezda ta’mirlanmasa, ular doimiy ravişda işdan çiqişi mumkin. 

Sky News telekanali Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, gaz quvuriga zarar yetkazgan portlovçi qurilmalar bir neça oylar, hatto yillar oldin örnatilgan bölişi mumkinligini ma’lum qildi. Buni kim va nima uçun qilgani hozirça noma’lum. 

Der Tagesspiegel gazetasining yozişiça, Germaniya razvedka idoralari portlaşlarni Rossiya, Ukraina yoki ukrainparast kuçlar uyuştirganlikda gumon qilmoqda. Ayni paytda, Rossiya FXX gaz quvurlariga şikast yetkazilganligi sababli xalqaro terrorizm töğrisidagi işni oçdi.