Özbekiston diplomatiya missiyasi xodimlari 27-29 sentabr kunlari Malayziyada bölib ötayotgan SmartNation-2022 xalqaro körgazmasida iştirok etyapti, deb xabar qildi «Dunyo».

Körgazma 2009 yildan beri har yili Kuala-Lumpurda ötkaziladi. Unda 25 dan ortiq mamlakatdan 500 ga yaqin kompaniyalar özlarining mingdan ortiq innovatsion texnologiyalari va yeçimlarini namoyiş etadi.

Tadbir davomida axborot texnologiyalari sohasidagi yetakçi Malayziya kompaniyalari bilan muzokaralar ham ötkazildi. «Aqlli şahar» platformasini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Kiwitech, innovatsion texnologiyalar asosida tibbiyot jihozlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan PBUMed va dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçisi - Advanced Microelectronic Solution-AMS Sdn Bhd kompaniyalari Özbekiston bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildirdi.

SmartNation-2022 axborot texnologiyalari, robototexnika, sun’iy intellekt, 5G texnologiyalari, qişloq xöjaligi, sanoat, moliya va ta’lim sohalarida qöllaniladigan dasturiy ta’minotlar sohasidagi eng sönggi innovatsiyalar xalqaro körgazmasi hisoblanadi.