Prezidentning “Soğliqni saqlaş boşqaruv organlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Soğliqni saqlaş vazirligiga soğliqni saqlaş sohasi faoliyatini taşkil etişda sönggi yillarda töplanib qolgan tizimli kamçilik va muammolarni hal etiş hamda fuqarolar soğliğini muhofaza qiliş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan quyidagi vazifalar qöşimça tarzda yuklatiladi:

soğliqni saqlaş sohasidagi milliy qonunçilikni unifikatsiyalaş hamda tibbiy xizmat sifatini oşiriş va bemorlar huquqlarini himoya qiliş, tibbiyot xodimlari mas’uliyati va himoyalanganini kuçaytirişga qaratilgan töğridan töğri ta’sir qiluvçi qonunlarni işlab çiqiş;

jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boşqariş eng namunali amaliyotlarini joriy etişni ta’minlaydigan zamonaviy boşqaruv tizimini va hududlarda soğliqni saqlaşni taşkil etiş “klaster” modelini şakllantiriş, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qiliş, şifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalaş tizimini joriy etiş;

tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga şoşilinç va ixtisoslaşgan tibbiy yordamni rivojlantiriş asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etiş, “Ona va bola” hududiy köp tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini şakllantiriş asosida onalik va bolalikni muhofaza qiliş;

tibbiy yordam samaradorligi, sifati va ommabopligini oşiriş, tibbiy standartlaştiriş tizimini şakllantiriş, taşxis qöyiş va davolaş yuqori texnologik usullarini joriy etiş, patronaj xizmati va dispanserizatsiya samarali modellarini yaratiş orqali soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va kasalliklarni profilaktika qiliş;

tibbiyot sohasini moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş, tibbiy xizmat körsatiş barça bosqiçlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilaş, “har bir davolangan holat” uçun tölaş tizimini keng joriy etiş, majburiy tibbiy suğurtani bosqiçma-bosqiç joriy etiş;

xususiy soğliqni saqlaş tizimi, davlat-xususiy şerikligini va tibbiy turizmni rivojlantiriş, soğliqni saqlaş sohasiga investitsiyalarni keng jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va raqobat muhitini yaxşilaş;

farmatsevtika tarmoğini yanada rivojlantiriş, narx şakllanişi mexanizmlarini takomillaştiriş, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar işlab çiqariş hajmi va turlarini kengaytiriş, ular ustidan davlat nazoratini kuçaytiriş;

tibbiy kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş samarali tizimini şakllantiriş, tibbiyot fanini rivojlantiriş, tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar böyiça sertifikatlaştiriş (akkreditatsiyadan ötkaziş);

“elektron soğliqni saqlaş” tizimini keng joriy etiş, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalaşgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratiş.