Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida sobiq davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva özining asosiy raqibi, amaldagi prezident Jair Bolsonaruni ortda qoldirib, kiçik farq bilan oldinda bormoqda. 3 oktyabr, duşanbaga ötar keçasi Milliy saylov komissiyasi saytida e’lon qilingan ma’lumotlar şundan dalolat beradi – protokollarning 98,53 foizi körib çiqilgaç, Lula da Silva 48,1 foiz, Bolsonaru esa 43,48 foiz ovoz töplamoqda.
Reuters xabariga köra, Lula da Silvaning Işçilar partiyasi saylov komissiyalari ovoz beriş natijalari töğrisida sekinroq hisobot beradigan hududlarda köproq qöllab-quvvatlanadi, şu sababli Bolsonaru boşida yetakçi bölgan bölsa-da, ovozlarni sanaş vaqtida natija özgardi.
Nomzodlarning heç biri 50 foizdan ortiq ovoz ololmagani uçun saylovning ikkinçi bosqiçi 30 oktabr kuni bölib ötadi. Ilgari, aksariyat ijtimoiy sörovlar Lula da Silvani 10-15 foiz punktda ustunlik qilganini körsatgan edi, biroq Bolsonaru mağlubiyatni tan olişdan boş tortişi mumkinligini bildirgan.
Luis Inasiu Lula da Silva 2003-2010 yillarda Braziliya prezidenti bölgan va juda maşhur edi. Keyinçalik u korrupsiyada ayblanib 12 yilga qamaldi, biroq Oliy sud hukmni bekor qilib, unga qayta saylanişga ruxsat berdi.












