Bu yil tanlovda 12 ta nominatsiyada 268 ta reklama loyihasi qatnaşadi. Barça tanlov işlarini Özbekiston marketing uyuşmasining marketing.uz

(https://marketing.uz/tafest-konkurs-2022/) saytida köriş mumkin.

12 oktyabrga qadar mamlakatning har bir aholisi @tafuzbot (https://t.me/tafuzbot) Telegram-botida oltin, kumuş va bronza sovrinlar sohiblarini tanlaşda qatnaşişi mumkin.

Iste’molçilar oçiq ovoz berişining noyobligi nimada?

“Odatda, biz atrofimizdagi reklamani iste’molçi sifatida köramiz, eşitamiz, lekin u qanday yaratilişi haqida öylab körmaymiz, – deydi tanlov taşkilotçisi, Özbekiston marketing uyuşmasi raisi Diyor Mirzaahmedov. Tanlov bu – reklamaga ijodiy jarayon ölaroq qiziqadigan barça uçun u yoki bu reklamaning yuzaga kelişiga nima sabab bölişini, u biznesning qanday muammolari va vazifalarini hal qilişini bilişning imkoniyatidir. Tanlovga qöyilgan har bir loyiha nafaqat vazifaning tavsifini, ğoya va yeçimini, balki u amalga oşirilgandan keyin erişilgan natijani ham öz içiga oladi. Hozirda saytga Özbekistonda keyingi paytlarda amalga oşirilgan reklama loyihalarining eng töliq katalogi töplangan. Bu –brendlarning iste’molçilar bilan kommunikatsiyasi samaradorligini tahlil qiliş nuqtayi nazaridan eng qimmatli axborot. TAF! tanlovi ham brendlarga, ham iste’molçilarga reklama mohiyatini va u biznesga qanday yordam berişini tuşunişning noyob imkoniyatini beradi».

TAF! Eng yaxşi reklama tanlovida 147 ta brend va marketing xizmatlari körsatuvçi 56 ta agentlikning real mahalliy reklama loyihalarigina qatnaşmoqda. Tanlov keyslarida körsatilganlarning barçasini Özbekistonda sotib oliş mumkin. Tanlovda ovoz beruvçilarda öz xaridorlariga hurmat bilan yondaşuvçi va ularga alohida e’tibor beruvçi eng yaxşi brendlar haqida, şuningdek bozordagi eng qiziqarli mahsulotlar va yangiliklar töğrisida ma’lumot olişning ajoyib imkoniyati tuğiladi.

TAF! eng yaxşi reklama tanlovining navbatdagi öziga xosligi şundaki, har bir ovoz beruvçi öz iştiroki bilan özining sevimli brendi ğalabasiga hissa qöşiş imkoniga ega böladi. Ovoz beriş statistikasi mutlaqo şaffof, “real vaqt” rejimida marketing.uz saytida aks etadi va har bir ovoz darhol saytda namoyon böladi.

Özbekistondagi marketing va reklama bilan qiziquvçi har bir inson TAF! Toşkent reklama festivali bilan birga mahalliy reklamani yaxşiroq va qiziqarliroq qilişi mumkin.

22 oktyabrda esa, sizni TAF!22 xalqaro reklama konferensiyasi va tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimiga taklif etamiz  (https://marketing.uz/tafest-2022/uz/)

Ma’ruzaçilar çiqişlari özbek tiliga sinxron tarjima qilib boriladi.

TAF!22 festivalning boş hamkori – XON SAROY quriliş kompaniyasi.

Reklama huquqi asosida