2 oktyabr, yakşanba kuni keçqurun Slovakiya poytaxti Bratislava markazidagi avtobus bekatiga avtomobil borib urildi. Politsiya va öt öçiruvçilar ma’lumotlariga köra, hodisa oqibatida kamida tört kişi halok bölgan. Yana yetti kişi jarohatlangan.
Şaharning markaziy qismidagi avtobus bekati Dunayning janubiy qirğoğida joylaşgan şaharning eng ziç hududi - Petrjalka tomon avtobus kutayotgan odamlar bilan gavjum bölgan.
Maşina nima uçun avtobus kutayotgan olomon orasiga kirib ketgani noma’lumligiça qolmoqda. Politsiya tomonidan OAVda haydovçining mast bölganligi haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan. Hozirça uning terrorçilik niyati alomatlari yöq.












