«Özatom» agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov va Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi örtasida uçraşuv bölib ötdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Uçraşuvda Rafael Grossi AEXA departamentlarining respublika taşkilotlari bilan özaro hamkorligi haqida yaxşi ma’lumotga ega ekanini qayd etdi. U agentlik Özbekistonga yadro infratuzilmasini rivojlantiriş va milliy iqtisodiyot turli tarmoqlariga yadro texnologiyalarini joriy etişda har tomonlama kömak körsatişga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Rafael Grossi Islom taraqqiyot banki iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş masalasiga töxtaldi. Boş direktor uşbu loyiha şaxsiy e’tibori va nazoratida ekanini ta’kidladi.

Uning aytişiça, agentlik uskunalarni xarid qilişni muvofiqlaştiriş va nazorat qilişni öz zimmasiga olişi mumkin. Rafael Grossi qayd etganidek, ayni paytda agentlik Özbekiston bilan yadro tibbiyotida qöllaniladigan öziga xos asbob-uskunalardan foydalaniş va ularga xizmat körsatiş böyiça tibbiy mutaxassislar malakasini oşiriş sohasida strategik hamkorlikni yölga qöymoqda.