Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga pandemiya vaqtida qöşilgan “Yolğon axborot tarqatiş” moddasi hozirga kelib söz erkinligi torayişiga sabab bölib qolyapti, dedi bloger Otabek Bakirov energetika vazirining arizasi asosidagi suddan keyin. U energetikada barqarorlik hukm surişini xohlaşini bildirdi, toki “bu haqda yozişga ham sabab qolmasin”.

7 may kuni jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida iqtisodçi va bloger Otabek Bakirovga nisbatan qözğatilgan ma’muriy iş körib çiqildi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning “Yolğon axborot tarqatiş” moddasi böyiça yuritilgan iş energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovning arizasi asosida oçilgan edi.

Arizada körsatilgan holatlar bir yildan köproq vaqt oldin sodir etilgan. Qonunda nazarda tutilgan muddatlar ötib ketgani tufayli, sudya Mirusmon Ğiyosov iş materiallarini muhokama qilmasdan, işni tugatiş haqida qaror qabul qildi.

“Sud işni muhokama qilmasdan tugatdi”

Toşkent şahar sudlari matbuot kotibi Tursunali Akbarovning aytişiça, mazkur işda avvalroq jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan, keyin esa materiallarda ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor degan xulosa bilan iş sudga yuborilgan.

“Lekin muddati ötganligi uçun sud muhokama qilmasdan tugatiş haqida qaror qabul qildi”, – dedi u.

Akbarovning eslatişiça, sud qaroridan norozi tomonlar yuqori sud instansiyasiga şikoyat qiliş huquqiga ega.

Advokat: “Bu qonuniylik ta’minlanganini bildiradi”

Otabek Bakirovning advokati Fayzulla Arslanov sud qarorini “kutilgan natija” deb atadi.

“Biz kutgan natija böldi. Bu qaror qonun asosida qabul qilindi. Lekin bu yerda muhim jihat bor: ma’muriy javobgarlikka tortiş muddati emas, aynan ma’muriy işni körib çiqiş muddati ötgan. Buni töğri talqin qiliş kerak”, – dedi u.

Advokatga köra, agar iş mazmunan körilganida ham himoya tomoni öz pozitsiyasini himoya qila olardi.

“Iş hujjatlarida qaysi ma’lumot yolğon ekani aniq körsatilmagan. Qaysi fakt notöğri ekani va u nima bilan isbotlanişi kerakligi böyiça asos yöq edi. Şuning uçun mazmunan körilganda ham yutib çiqişimizga işonardik”,