Jörabek Mirzamahmudov Özbekiston energetika vaziri lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda prezidentning tegişli farmoni qabul qilindi.

U salomatligi tufayli energetika vaziri lavozimidan ozod etilgan Alişer Sultonovning örnini egallab, 2022 yil sentyabridan beri idoraga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Jörabek Mirzamahmudov 1979 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. 2001 yil AQŞdagi Alabama universitetini, 2005 yil Toşkent kimyo-texnologiyalar institutini tamomlagan.

2006-2012 yillarda «Özbekneftgaz»da turli lavozimlarda işlagan, 2012-2014 yillarda iqtisodiyot vaziri örinbosari, 2014-2017 yillarda «Özkimyosanoat» raisi örinbosari bölgan, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasida departament mudiri lavozimida işlagan, 2018-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi boş direktori, 2019 yildan «Özatom» agentligi boş direktori bölgan. 2019-2020 yillarda energetika vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan, 2020 yil yanvarida «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Prezidentning tegişli farmoni bilan Şerzod Xöjayev energetika vaziri etib tayinlandi.