Ostona şahrida bölib ötadigan MDH oliy organlari - Taşqi işlar vazirlari kengaşi va hamdöstlik Davlat rahbarlari kengaşi majlislariga tayyorgarlik köriş davom etmoqda. Bu haqda ijroiya qömita raisi - MDH ijroçi kotibi Sergey Lebedev bayonot berdi.
Hamdöstlik Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişi 14 oktabr kuni Qozoğiston poytaxtida yuzma-yuz formatda bölib ötadi. Hamdöstlik Taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişini 12 oktabr kuni Ostonada ötkaziş rejalaştirilmoqda.
"Biz MDH oliy organlari bölajak majlislariga tayyorgarlik köryapmiz. Ular Ostonada uç kun davom etişi taxmin qilinmoqda – 12, 13, 14 oktabr kunlari. 13 oktabr kuni Ostona şahrida hamdöstlik doirasidagi tadbirlar bilan bir qatorda, Osiyoda özaro hamkorlik va işonç çoralari böyiça anjuman ham ötkaziladi”, dedi Sergey Lebedev.
Uning sözlariga köra, iş jadvali juda tiğiz bölgani bois, hozir 12 oktabr kuni MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişini ötkaziş körib çiqilmoqda.
"Şeriklarimiz bilan aloqadamiz, köpçilik bu sanani qöllab-quvvatlamoqda. 13 oktabr kuni SVMDA sammiti, 14 oktyabrda esa MDH Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişi bölib ötadi", dedi MDH ijroiya qömitasi raisi.












