Kimyo böyiça 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi va Barri Şarpless, şuningdek, daniyalik Morten Meldalga molekulalarni yaratiş vositalari ustida işlagani uçun berildi. Mukofot ularga «Klik kimyosi va bioortogonal kimyo usullarini işlab çiqqanligi uçun» topşirilgan. Nobel qömitasi öz qarorini 5 oktyabr, çorşanba kuni e’lon qildi. Bu Şarpless uçun ikkinçi Nobel mukofotidir. 

«Kimyogarlarni uzoq vaqtdan beri murakkabroq molekulalarni yaratiş istagi boşqaryapti. Bu köplab ajoyib molekulyar konstruksiyalarga olib keldi, lekin ularni işlab çiqariş köp vaqt talab qiladi va juda qimmatga tuşadi. Kimyo böyiça bu yilgi mukofot narsalarni oddiy, sodda saqlaş va ular bilan işlaşga qaratilgan», - deya ma’lum qildi kimyo böyiça Nobel qömitasi raisi Yoxan Okvist. 

Uning sözlariga köra, bu yilgi laureatlar «molekulalarni yaratişning funksional usuli»ga hissa qöşgan. Tadqiqotçilar işlayotgan reaksiyalar «butun dunyoda hujayralarni örganiş va biologik jarayonlarni kuzatiş uçun işlatiladi». «Bioortogonal javoblardan foydalanib, tadqiqotçilar hozirda klinik sinovlar ötkazilayotgan saraton dori-darmonlarining maqsadli yönalişini yaxşiladilar», deb xabar berdi Nobel qömitasi. 

1901 yildan beri kimyo böyiça Nobel mukofoti 114 marta, 190 kişiga berilgan. Ötgan yili nemis Benyamin List va Britaniyada tuğilgan amerikalik olim Devid Devid assimetrik organokatalizni işlab çiqqani uçun mukofotlangan edi. 

Bir kun oldin fizika böyiça Nobel mukofoti sovrindorlarining nomlari e’lon qilindi, ular amerikalik Jon Klauzer, fransuz Alen Aspekt va avstriyalik Anton Tsaylinger böldi. Mukofot «çalkaş fotonlar bilan tajribalar, Bell tengsizliklari buzilişi aniqlangani va kvant informatikasidagi novatorlik uçun» berildi. 

«Nobel haftaligi»ning birinçi kuni - 3 oktyabrda tibbiyot böyiça Nobel mukofoti topşirildi. Mukofot şved biologi Svaante Paboga yöq bölib ketgan gominin genomlari va inson evolyutsiyasi sohasidagi kaşfiyotlari uçun berildi. 

6 oktabr kuni adabiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindori, 7 oktabr kuni Tinçlik mukofoti sovrindori, 10 oktabr kuni esa Şvetsiya Davlat bankining iqtisod fanlari böyiça Alfred Nobel xotira mukofoti sovrindori nomi e’lon qilinadi.