BRAYTON – TOTTeNHEM (8 oktyabr, 19:00) 

Ötgan turda bu jamoalardan deyarli teskari natija kutilgan edi. «Brayton» Liverpulga safar qildi va ayniqsa, Potterning «Çelsi»ga ötib ketganidan keyin, jamoada imkoniyat yöqdek köringandi. Lekin «Brayton» hatto ğalabaga ham yaqin böldi, ikki töp farqi bilan oldinda borib, jangovar 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi. «Tottenhem»ning qarşi hujumga tayanilgan pragmatik öyini uçun esa, bugungi «Arsenal» ança mos köringan bölişi ehtimol, lekin yakunda Arteta şogirdlari işonçli ğalabaga erişdi. Umuman, «Tottenhem» barça musobaqalarda oxirgi 4 öyinning faqat bittasida ğalaba qozongani Konte uçun ogohlik qönğiroği bölişi kerak. Xullas, kuçli törtlikdan joy olgan ikki jamoa örtasidagi bahs ança qiziqarli ötişi kutilmoqda.

Ayniqsa, özaro öyinlar raqiblarning ança munosib ekanini körsatmoqda. Sönggi 4 mavsumning faqat bittasida «Tottenhem» uyda va safarda ğalaba qozongan xolos, qolgan uç mavsumda har ikki tomon bittadan ğalaba qozongani ham köp narsani aytib turibdi. Aprel oyida bölib ötgan oxirgi töqnaşuvda esa, Trossarning sönggi daqiqalardagi goli uçraşuv taqdirini hal qilgandi. Aynan Trossar hozir ham juda yaxşi sport formasiga kirgan – yuqorida tilga olingan «Enfild»dagi öyinda u het-trik muallifi bölgandi.

Yöqotişlar haqida. Bir pozitsiyada harakat qiladigan Moura va Kuluşevski bir neça kunga safdan çiqişgan. Demak, bugun asosiy tarkibda ham Rişarlison, ham Sonni körişimiz mumkin böladi. Şuningdek, «Arsenal»ga qarşi öyinda öng qanot himoyaçisi Emerson qizil kartoçka olgandi. «Brayton» tarkibida jarohatlanganlar yöq.

Bundan taşqari, «Brayton» sönggi öyinini bir hafta oldin ötkazib, tayyorgarlik uçun yetarli vaqtga ega bölgani, «Tottenhem» esa, seşanba oqşomida «Ayntraxt»ga safar qilgani jismoniy tomondan mezbonlarga qöşimça ustunlik taqdim etişi mumkin. 

MILAN – YuVeNTUS (8 oktyabr, 21:00)  

Şubhasiz, Italiyaning eng nomdor ikki klubi – biri A Seriyadagi ğalabalar böyiça peşqadam bölsa, ikkinçisi, Yevropa turnirlarida eng sovrindor Italiya klubi hisoblanadi. Şuningdek, bu jamoalar örtasidagi raqobat sof futbol maydonida ekanini ham aytiş kerak. Masalan, «Milan»ning «Inter» bilan munosabatlari tölaqonli derbi maqomida, «Yuventus» esa, 2006 yildagi «Modjipoli» voqealarida çempionlik «Inter»ga olib berilgani uçun ham qandaydir futboldan kattaroq ziddiyat bor. «Yuventus» va «Milan» töqnaşuvi esa asosan futbol maydonida keçgan, har ikki jamoada öynagan futbol yulduzlari juda köp.

Klublar öyinga turli kayfiyatda yetib kelişmoqda. «Milan» Londonda yirik hisobda yutqazib, YeÇL guruhida juda qiyin ahvolda qoldi, uç kun ötib «Çelsi»ga qarşi yana bir hal qiluvçi bahs kutib turibdi. «Yuventus» esa, nihoyat, 5 öyinli ğalabasiz seriyadan söng, avval A Seriyada «Bolonya», keyin YeÇLda «Makkabi» darvozasiga uçtadan gol urdi. Milandagi ğalaba turinliklarni kuçli törtlikka yaqinlaştiradi. «Milan» esa yaqinda «Napoli»ga yutqazgan bölsa-da, Italiyada peşqadamdan u qadar ortda qolib ketmagan, birgina ğalaba Pioli şogirdlarini hatto 1-öringa qaytarişi mumkin.

Har ikki jamoa, tabiiyki, optimal formadan uzoq, buyoğiga har qanday top-jamoada şunday bölib boraveradi. Jamoalar uç kun oldin YeÇLda öyin ötkazişdi, buning ustiga jarohatlar köp. Mezbonlar safida asosiy darvozabon Menyan, sardor Teo Ernandes, Kalabriya, Salemakers, Messias, Florensi, Ker va Zlatan Ibrahimoviç uşbu öyinda şeriklariga yordam bera olişmaydi. «Yuventus»dan esa De Şilo va Pogbadan taşqari, diskvalifikatsiya tufayli Anxel Di Mariya ham maydonga tuşa olmaydi. «Makkabi»ga qarşi öyinda uçta assistni amalga oşirgan argentinalik futbolçi «Monsa»ga qarşi uçraşuvda hakam tomonidan çetlatilgandi. 

BORUSSIYa D – BAVARIYa (8 oktyabr, 21:30) 

«Bavariya»ning yomon starti ba’zi yillarda bölib turadi va bu Bundesliga muxlislari uçun lotereyadan çiqqan yutuqdek körinsa kerak. Çunki myunxenliklarning yomon boşlaşi odatda, heç bölmasa, mavsumning ikkinçi yarmigaça ligada intrigani uşlab turadi. «Borussiya» kabi jamoalar uçun ham bu ayni muddao – 8 turdan keyin «Bavariya» bilan teng oçkoga ega böliş ham yomon emas. Şundayam, «Kyoln», «Leypsig» va «Verder»ga qarşi öyinlardagi mağlubiyatlar bilan. Agar «Bavariya»ning odatiy mavsumlaridan biri bölganida, bunday mağlubiyatlar bilan «Borussiya» çempionlikdan umidini uzib bölardi. 

Levandovskining ketişi, Sadio Manening jamoaga töliq singib ulgurmagani, Nagelsmanning ba’zi tuşunarsiz qarorlari natijasida «Bavariya» ligada ğalabasiz uç öyin ötkazdi, hatto iste’fo haqida ham fikrlar paydo böla boşlagandi. Ammo oxirgi turda «Bayyer», keyin YeÇLda «Viktoriya» ustidan umumiy hisobda 9:0 hisobidagi ğalaba myunxenliklarning yaxşi formaga qaytganini dalolat qilmoqda. Buning ustiga aynan Dortmundga qarşi öyinlarda «Bavariya» ajoyib natija qayd etib kelmoqda – oxirgi 8 öyinda myunxenliklarning qöli baland kelgan. Bundesliga doirasida oxirgi marta 2018 yilning noyabrida «Bavariya» Dortmunddan oçkosiz qaytgan.

Jarohatlarga töxtalsak, mehmonlar safida Tomas Myullerda kovid aniqlangani haqida xabarlar çiqdi. Yana kamida bir hafta u şeriklariga yordam berişi dargumon. Şuningdek, bir oy oldin safdan çiqqan Lukas Ernandes hali tiklanib ulgurgani yöq. Terziç jamoasi tarkibida esa, Reyna va Daud öynay olmaydi. 

UDINeZe – ATALANTA (9 oktyabr, 18:00) 

Ötgan mavsumda Italiyaning uç «ajdarhosi» çempionlik uçun kuraşib, yozda yana bir qator transferlarni amalga oşirgaç, jiddiyroq poyga kutilgandi, lekin qarangki, 9-turga kelib, peşqadamlik masalasini hal qiladigan öyinda «Udineze» va «Atalanta» öynamoqda.

Nafaqat «Udineze», balki «Atalanta»ning ham starti köpçilik uçun syurpriz, zero ötgan mavsumni bergamoliklar juda yomon yakunlaşgandi. Şuningdek, Gasperini jamoasi biz örganib qolgan uslubdan ança uzoq holda oçkolarni qölga kiritayotganini ta’kidlaş kerak. Doimo «Atalanta» yetakçi bölgan körsatkiçlar – töp nazorati, yaratilgan vaziyatlar, zarbalar va raqamlarda jamoa liga autsayderi bölişiga qaramasdan, öz imkoniyatlaridan öta unumli foydalanmoqda. Ötgan 8 turda «Atalanta» atigi 3 marta öz darvozasidan gol ötkazib yubordi – bunaqasini qayerda körgansiz?

«Udineze» esa, bizni yaqin tarixga, öşa Di Natale – Sançes juftligining sermahsul öyinlariga yetaklamoqda. «Napoli»ni qöşmasa, Andera Sottil şogirdlari Italiyaning eng yorqin jamoasi bölib turibdi. Braziliyalik himoyaçi Rodrigo Bekao esa,nafaqat A Seriya, balki Yevropada kaşfiyot böldi – u juda köp himoyaviy körsatkiçlar böyiça kuçli beşlik ligalaridan peşqadam bölib turibdi. «Udineze»ning ğalabali seriyasi 6 öyinga yetdi – raqiblar içida «Inter», «Roma», «Fiorentina» va «Sassuolo» kabi kuçli jamoalar bölganini alohida ta’kidlaş kerak. Peşqadamlardan farqli ravişda «Udineze»ga va albatta «Atalanta»ga ham yevrokuboklarda qatnaşmayotgani qöl kelmoqda. «Inter», «Milan», «Yuventus» va «Napoli» Çempionlar Ligasi tufayli har uç kunda öynaşiga töğri kelayotgan bölsa, bu jamoalarda dam oliş uçun ham, raqibga tayyorgarlik böyiça ham ikki barobar köproq vaqt böladi. Kim biladi, oraga mundial ham kirgan bu tiğiz mavsumda uşbu ustunlik ham hal qiluvçi darajada ta’sir ötkazib, «Atalanta» yoki «Udineze»ni, balki ikkalasini ham kutilganidan yuqoriroq örinda körişimiz mumkin bölar? 

ARSeNAL – LIVeRPUL (9 oktyabr, 20:30) 

APL peşqadami kuçli törtlik örinlariga yaqinlaşişga urinayotgan raqibga qarşi. Sönggi bir neça yillar bu ta’rif teskari işlatilgan, ammo bu safar unday emas – «Arsenal» ajoyib start tufayli, hatto dahşatli «Mançester Siti»ni ham ortda qoldirmoqda, «Liverpul» esa, aksinça, biroz omadsiz, biroz kuçsiz öyinlardan söng, juda köp oçko yöqotib yubordi. «Fulhem», «Brayton», «Everton» va «Kristal Pelas»ga qarşi öyinlarda durangni Yurgen Klopp umuman rejalaştirmagani aniq.

«Old Trafford»dagi mağlubiyat biroz soya solgan bölsa-da, «Arsenal» Şimoliy London derbisida yana jiddiy maqsadini isbotladi – «Tottenhem» bilan öyinda işonçli ğalaba qayd etildi. «Liverpul» yanada jiddiyroq sinov, ayniqsa ruhiy tomondan, zero oxirgi 19 özaro öyindan atigi 1 tasida «Arsenal» ğalaba qozona olgan, xolos. Sönggi 6 öyinda esa, umuman londonliklar «Liverpul» darvozasini işğol qila olmayapti. «Emireyts»da ötkazilgan bahorgi öyinda ham mehmonlar 2:0 hisobida ğalaba qozongandi.

Har ikki jamoa hafta örtasida yevrokubokda iştirok etdi. «Liverpul» qatorasiga ikkinçi ğalabasiga erişib, YeÇLdagi holatini yaxşilab oldi. «Arsenal» esa payşanba oqşomida öynagan bölsa-da, norvegiyaliklarga qarşi aralaş tarkibda harakat qildi. Ya’ni muhim öyinga har ikki jamoa yaxşi sport formasida va kayfiyatda böladi. Faqat jarohatlar borasida mehmonlarda vaziyat oğirroq. Keyta, Jons va Oksleyd-Çemberlenning jarohati yangilik emas, şuningdek, Endryu Roberson ham öynay olmaydi. Liverpulliklarning keçagi maşğulotlarida Tyago Alkantara yana körinmagani haqida xabarlar çiqdi. Ispaniyalik yarimhimoyaçi özi yaqinda maydonga qaytgan va oxirgi uç öyinda asosiy tarkibda tuşayotgandi. «Arsenal» tarkibida Smit Rou yil oxirigaça safdan çiqqan, Muhammad el-Nenni ham bir neça kun jamoaga yordam bera olmaydi. 

EVeRTON – MANÇeSTeR YuNAYTeD (9 oktyabr, 23:00) 

Erik ten Hag matbuot anjumanida aytişiça, jamoasining Kiprdagi öyini şunçaki çigalyozdi, derbidagi yirik mağlubiyatga javob aynan ertaga bölib ötadigan uçraşuvda berilar ekan. Ya’ni «Yunayted» «Etihad»dagi şarmandali natija uçun muxlislar oldida qarzini «Everton»ga qarşi öyinda qaytaradi.

Tabiiyki, bular faqat söz bilan böladigan işlar emas, zero mançesterliklarga oson bölmasligiga bir qator asoslar bor. Birinçidan, «MYu» Yevropa Ligasidagi masalasini hal qilmagani hamda yangi murabbiy qöl ostida futbolçilar imkon qadan köproq öyinga muhtoj bölganidan, ten Hag barça öyinlarda asosiy tarkibni tuşiryapti. Demak, bir qator asosiy tarkib futbolçilari payşanba oqşomida Kiprda töliq harakat qilişdi. Çarçoq borasida muammolar paydo bölişi turgan gap. Ikkinçidan, tabiiyki, «Everton» öz holiça ham kuçli - 7 öyindan beri mağlubiyatga uçragani yöq. Hatto «Liverpul» ham «Guddison Park»dan atigi bir oçko olib ketgan. Umuman, Lempard jamoasi bugungi kun holatiga APLda eng kam gol ötkazgan jamoa bölib turibdi. Pikford 8 uçraşuvda 7 marta öz darvozasidan töp olib çiqqan.

Yana bir qiziq fakt, Fergyusondan keyin «MYu»da işlagan murabbiylar uçun «Guddison» alohida noqulay safar hisoblanadi. Lui van Gaal ilk öyinida 0:3, Sulşer 0:4, Moyyes 0:2, Rangnik esa, 0:1 hisobida mağlubiyatga uçragan. Faqatgina Joze Mourino ilk mavsumida uşbu stadiondan oçko olib ketgandi – 1:1. Endi Erik ten Hag «MYu» murabbiylari uçun «Guddison»da yangi sahifa oçiş uçun harakat qilib köradi.

Tarkiblarga kelsak, matbuot anjumanida ten Hag Varan maşğulotlarga qaytgani, lekin asosiy tarkibda tuşiş uçun tayyorgarligi söroq ostida ekanini ta’kidladi. Donni van de Bek va Harri Maguayr töliq tiklanişgani yöq. Lekin Reşford va Marsiyal jarohatdan töliq foriğ bölişgani mehmonlar uçun yaxşi yangilik. Mezbonlar safida yöqotişlar köproq – Taunsend va Godfri biratöla mundialdan keyin qaytişadi. Yyerri Mina töliq tiklanib ulgurgani yöq, şuningdek, Holgeyn va Petterson tizzadan olgan jarohat tufayli öynay olişmaydi. 

BOŞQA ÖYINLAR

8 oktyabr. Sassuolo – INTeR (18:00), ÇeLSI – Vulverhempton (19:00), MANÇeSTeR SITI – Sauthempton (19:00), ATLeTIKO – Jirona (19:15), Reyms – PSJ (23:55), Xetafe – ReAL (23:55)

9 oktyabr. Kremoneze – NAPOLI (21:00), Ştutgart – YuNION (23:30), ROMA – Leççe (23:45), BARSeLONA – Selta (23:55).